Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
HUSAYN ibn Ali (626-680) - Ali ibn Abu Tolib(kv)ning (Fotimadan tug‘ilgan) kichik 
o‘g‘li, Muhammad (sav)ning nabiralari, uchinchi shia imomi. 669 y.da Hasan vafot 
etgandan keyin Ali(kv) tarafdorlari uni o‘z rahbari deb e’lon qilgan. 680 y. xalifa Muoviya 
o‘lgandan keyin Iroqda umaviylarga qarshi harakat faollashgan. H. Yazidga bay’at 
qilishdan bosh tortgan. Kufa shialari H.ni o‘zlarining imomi deb tan olib, Kufaga taklif 
etgan va xalifa Yazidga qarshi qo‘zg‘olonga bosh bo‘lishni so‘ragan. H. Makkadan Kufaga 
jo‘naydi. 70 jangchisi bilan Kufaga yaqin Karbalo dashtiga yetib kelganida xalifa 
Yazidning 4 ming kishilik qo‘shini unga qarshi chiqqan. 680 y. 10 okt. kuni H. jangda 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
shahid bo‘lgan, jasadi o‘sha yerga dafn etilgan. Shu munosabat bilan Karbalo shialarning 
asosiy muqaddas ziyoratgohiga aylangan. H. halok bo‘lgan sana shialarda motam kuni 
sifatida nishonlanadi (q. AShuro).
HUSAYN VOIZ KOSHIFIY (1440-1505) -ilohiyotchi, shoir va adib. Xuroson viloyati 
Sabzavor sh. Bayhaq kentida tavallud topgan. Asosan, Hirotda yashab, uzoq yillar bu 
yerdagi madrasalarda dars bergan. Qur’onga to‘rt jildli sharh bitgan. Shuningdek, din 
tarixi, riyoziyot, falakiyot, kimyo, fiqh, adabiyot va san’at sohalarini to‘liq o‘zlashtirgan 
va bu fanlarga oid 200 dan ziyod asar yozgan. H.V.K. voiz, notiq sifatida ham dong 
taratgan. "Axloqi Muhsiniy", "Javoqirnoma", "Risolai Hotamiya", "Axloqi Karim", "Tafsiri 
Husayniy", "Futuvvatnomai Sultoniy", "Anvori Suhayliy", "Oinai Iskandariy" kabi 
kitoblarida din-diyonat, ma’naviyat, davlatni boshqarish, komil insonni tarbiyalash 
masalalari, gunoh va savob, vijdon, burch singari tushunchalar yoritilgan. Uning fikricha, 
Alloh yaratgan inson zoti dunyodagi eng yuksak, olijanob mavjudotdir, binobarin unda 
saxovat, shijoat, sabr-toqat, rostgo‘ylik va kamtarlik kabi fazilatlar mujassam bo‘lishi 
shart. Kishilar birlashib, jamiyatni hosil qiladi. Jamiyat, davlat esa, adolatli boshqarilsa, 
shariatga, diyonatga rioya qilinsa, odil siyosat yuritilsa jamiyat, mamlakat rivojlanadi, 
xalq yaxshi yashaydi. "Rashahot ayni-l-hayot" ("Hayot chashmasidan tomchilar") asarida 
naqshbandiylik tariqati mashoyixlari haqida hikoya qilinadi. H.V.K. yaratgan asarlar 
o‘nlab yillar davomida Xuroson madrasalarida darslik sifatida mutolaa qilingan, O’rta 
Osiyo va Eron tarixi hamda madaniyatini o‘rganishda muhim manba sanalib, arab, eski 
o‘zbek, tatar, ingliz, frantsuz va b. tillarga tarjima etilgan, Sharku G’arb 
mamlakatlaridagi kutubxonalardan o‘rin olgan. H.V.K.ning "Futuvvatnomai Sultoniy" 
asari nashr etilgan (Toshkent, 1993). 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin