HUBAL - qad. arab ma’budi, kinona qabilalar uyushmasi va ularning o‘troq tarmog‘i -
Qurayshiylar va Makka sh. homiysi. Rivoyatlarga ko‘ra H. kinoniylarga Shim. Arabiston
(Nabateya)dan o‘tgan. Makkada uning sanamlari beshakl tosh hamda serdolik haykalcha
ko‘rinishida mavjud bo‘lib, sindirilgan o‘ng qo‘li oltin qo‘l bilan almashtirilgan. Bu sanam
Ka’bani ichida joylashib, uning bosh ma’budi bo‘lgan. H. uchta ma’buda - al-Lot, al-Uzza
va Manatning eri, momoqaldiroq va yomg‘ir hukmdori hisoblangan. Uning haykali yonida
kamon o‘qlari yordamida fol ochishgan. Makkalik mushriklarning musulmonlar jamoasi
bilan kurashi davrida H. Allohga qarshi qo‘yilgan, biroq bu haqda Qur’onda zikr
etilmagan. Makka fathidan so‘ng H. sanami Ka’badan chiqarilib, parchalab tashlangan.
HUD (as) - Qur’onda zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Qur’onga ko‘ra, u Od qavmiga
payg‘ambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilardan iborat
bo‘lib, Yaman va Ummon o‘rtasidagi Ahqof degan joyda yashagan, butlarga sig‘ingan,
yolg‘iz Allohga ibodat qilishga da’vat etgan H.ni tahqirlab, yolg‘onchi va aqli zaif deb
atagan. H. (as) o‘z qavmini agarda yolg‘iz Allohga ibodat qilmasalar avvalda o‘tgan
sarkash qavmlarga bo‘lgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil bo‘lishidan
ogohdantiradi. Ammo Od qavmi bari bir o‘z zalolatida davom etaverdilar va H. (as)ga
itoat etmadilar. Shu kundan so‘ng Alloh 3 yil yomg‘ir yog‘dirmay, qurg‘oqchilikka gariftor
etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. O’z qavmining imon keltirishidan umidini
uzgan H. (as) o‘ziga imon keltirgan mo‘minlar bilan Makkaga ketib o‘sha yerda vafot
etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli bo‘ron yuborib, hammalarini
halok qildi ("Al-haaqqa" surasi 6-7-oyatlar).
HUJVIRIY, Abu-l-Hasan Ali ibn Usmon al-Raznaviy al-Jullabiy (? - 1072-1076/77 y.lar
oralig‘i) - fors tilida so’fiylikka doir birinchi asar muallifi. Unda so’fiylik tarixi va mohiyati,
so’fiylar dunyoqarashi va amaliyoti sistematik tarzda bayon etilgan. Hujvir (G’aznadagi
mahalla)da taqvodor oilada tug‘ilgan. Hanafiy mazhabiga e’tiqod qiluvchi sunniy H.. al-
Junayd (910 y. v.e.) so’fiylik maktabining izchil tarafdori bo‘lgan. Hayotining ko‘p
qismini safarda o‘tkazib, Farg‘onadan Huzistongacha, Hindistondan Suriyagacha bo‘lgan
mamlakatlarni kezgan. Hayotining so‘nggi damlari Lohurda kechgan, bu yerda u
bizgacha.etib kelgan yagona (10 tadan) asari - "Kashf al-mahjub li-abror al-qulub"ni
yozgan. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi - kirish qismi 14 bobdan tashkil topib, unda
so’fiylikdagi ixtiyoriy qashshoqlik va ruhiy poklik masalalari tahlil etilgan, 74 so’fiy-
shayxlar tarjimai holi keltirilgan, 2 asosiy oqim (g‘arbiy va sharqiy) borligi qayd etilgan,
shuningdek, so’fiylikdagi 12 "maktab" yoki mazhab ta’limotlari tahdil qilinib, shundan
"10 tasi ma’qul topilib, 2 tasi esa, rad etilgan". Ikkinchi qism, asosan, javoblardan iborat
bo‘lib, "Kashf al-hijob" deb nomlangan 11 qismdan iborat. Unda falsafiy qoidalar,
so’fiylikdagi ta’limotlar va amaliyot, ularni shariat normalariga mos kelishi, so’fiylar
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
107
orasida qabul qilingan texnik terminlar va b. ko‘rilgan. Asar keyingi davrda so’fiylikka
doir fors tilida yozilgan adabiyotlarga ulkan ta’sir ko‘rsatgan.