Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
o‘zining kalomi - Qur’onni nozil qildi. Muhammad (sav) oldin o‘z hamshaharlarini, so‘ng 
barcha arablarni ko‘plab qabila xudolariga sig‘inishdan voz kechish va yagona xudo - 
Allohga e’tiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga. tushish uchun bu 
dunyoda ezgu ishlar qilishga da’vat etdilar. Qur’onga ko‘ra, arablar va yahudiylarning 
umumiy bobokaloni Ibrohim (as) Allohga birinchi bo‘lib imon keltirgan. Demak, I. 
batamom yangi e’tiqod emas, balki Ibrohim(as)ning qayta tiklangan dinidir. 
I. dini tarixini o‘rganishda o‘sha davrdaga ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillarni 
hisobga olish kerak. I. dini vujudga kelgan davrda Arabiston ya. o.da Makka va Yasrib 
(Madina) kabi shahar-davlat (polis)lar boshqalarga nisbatan muayyan ustunlikka ega 
edilar. Bu shaharlar xalqaro savdoning eng yirik markazlaridan bo‘lib, iqtisodiy hayot 
jo‘shqin tus olgandi. Shahar-davlatning kelajak taraqqiyoti uchun polis tuzumi torlik qila 
boshlagan. Hijoz (Makka, Yasrib, Xaybar, Dumat al-Jandal, Tayma va b.) va umuman 
Arabistonni xalqaro savdoni barqaror qiladigan, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qodir 
harbiy kuchga ega bo‘lgan yagona saltanatga aylantirish davr talabi bo‘lib qolgan edi. 
Saltanat tuzish bilan bir qatorda Arabiston ya. o.dagi qabilalarning etnik va madaniy 
jihatdan birlashuvi, yagona arab tili, ogzaki va yozma adabiyot, umumiy fikrlashning 
shakllanishi va nihoyat, arablarning diniy tafakkurida o‘zgarish jarayonlari kechayotgan 
edi. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay 
olgan holdagana muvaffaqiyatga erisha olardi. Shuvday qilib, Muhammad(sav)ning diniy 
va siyosiy faoliyatlari yuqoridagi jarayonlarning xususiy ko‘rinishi bo‘lgan. Muhammad 
(sav) har tomonlama barkamol inson bo‘lganlari uchun, u zotning shaxsiy fazilatlari 
tufayli yahudiy-xristian ta’limotlariga yaqin g‘oya bilan yashovchi mahalliy hijozliklar 
harakati o‘ziga xos xususiyatlar kasb etdi, diniy va siyosiy kuchga ega bo‘ldi; bu kuch 
islomning vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi. 
Muhammad(sav) 610 y., ya’ni 40 yoshlarida vahiy (ilohiy ilhom) olayotganlarini e’lon 
qildilar. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning 
ko‘pchilik aholisi, ayniqsa, Quraysh qabilasining zodagonlari ularning targ‘ibotlariga 
ochikdan-ochiq qarshi chiqtsilar. U zot o‘zga yerlarda tarafdorlar izlashga majbur 
bo‘ldilar. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko‘chdi, so‘ng Makka 
zodagonlari bilan ma’lum davrdan buyon raqobatlashib kelayotgan Yasribdagi Banu Avs 
va Banu Xazraj qabilalarining vakillari 622 y. musulmon jamoasini o‘ziga qabul qilish, 
Muhammad(sav)ni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo‘lishdi. Yasrib shahridagi 
mavjud etnik vaziyat ham shuni taqozo etgandi. Hijra nomini olgan bu voqea I. tarixida 
burilish yasadi. Ko‘chib o‘tgan kishilar muhojirlar (ko‘chib kelganlar), Madinada I.ni 
qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka o‘rtasida 
boshlangan kurash 8 y. davom etdi (q. Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi va b.). 628 
y. Makka zodagonlari Muhammad(sav) bilan kelishishga majbur bo‘ldilar. 630 y. 
musulmonlar qo‘shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi 
yoppasiga I. dinini qabul qildi va Muhammad (sav)ni Allohning elchisi (rasuli) deb e’tirof 
etdi. Ana shundan boshlab Makka I. dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas 
ziyoratgohiga aylangan. Muhammad (sav) vafot etgan 632 y.da Arabiston ya. o. to‘la 
birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi I. dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, 
iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida I. dini muhim omil bo‘lib xizmat qildi 
va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi. 
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn 
Affon, Ali ibn Abu Tolib payg‘ambarning o‘rinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. 
7-8-a.larda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shim. Afrika, Pireney ya. 
o., Shim. Hindiston fath etildi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shim. Xitoydan 
Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo‘lgan katta hududni zabt etildi va I. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin