Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
y.da Makkani musulmonlarga jangsiz topshirgan. Islom himoyasi uchun Hunayn va Toif
janglarida qatnashib, bir ko‘zidan judo bo‘lgan. So‘ngra Rasululloh (sav) uni Najron
viloyatiga hokim etib tayinlaganlar. Nabiullohning vafotlaridan keyin Shom fathida
qatnashgan. Yarmuk jangida jasorat ko‘rsatib, ikkinchi ko‘zidan ham ajralgan. Xalifa
Usmon (ra) davrida A.S.ning o‘gli Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangan. Keyinchalik,
Ali (kv) vafotidan keyin (661), xalifalik hokimiyatini qo‘lga olgan Muoviya umaviylar
sulolasiga asos solgan.
ABU TUROB Naxshabiy (? - 875) - Naxshab (hoz. Qarshi)lik avliyo. A.T. Xuroson
mashoyixlari orasida mashhur bo‘lgan. Qirq marta hajni ado etgan. Ma’ruza va
suhbatlarida kishilarni nafsni tiyib yurishga, sabr-qanoatli bo‘lishga, shariat, tariqat va
ma’rifat yo‘lidan borishga chaqirgan. Zamondoshlari uni "ma’no shohining mardoni",
"Taqvo osmonining oyi", "Haqiqat ilmining orifi", "qutbi zamon" deb ta’riflashgan. A.T.
haqida el orasida o‘nlab naqllar yoyilgan. Shulardan yigirmaga yaqini Muhammad Siddiq
Rushdiyning "Avliyolar sultoni, turonlik avliyolar" kitobida (Toshkent, 1995) keltirilgan.
A. Navoiy uning 261 hijriy (mil. 875) yilda olamdan o‘tganligini qayd etadi. Basra
dashtida vafot etganligi rivoyat qilinadi. Qabri Qarshi sh.da.
Dostları ilə paylaş: