Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
198
hokimning o‘zi imomlik vazifasini bajargani tufayli M.ning
zimmasiga namozxonlar
to‘planganlaridan so‘ng hokimni chaqirish ham yuklatilgan. Bu tajriba 8-a. o‘rtalarigacha
davom etgan. Ibodat boshlanganligani e’lon qilish uchun maxsus chaqirish - iqoma
xizmat qilgan, u orqali dastlabki vaqtlarda masjidga hokim kelgani bildirilgan. M. ilk
islom davrida hokimning xizmatkori va yordamchisi hisoblangan. Davr o‘tishi bilan azon
aytish murakkablashgan, o‘z tarkibiga kalimai shahodatni kiritgan va ibodatning o‘ziga
xos turiga aylangan. Shunga muvofiq M.lik ham yangacha talqinga ega bo‘lgan.
Uning
faoliyat doirasi kengaygan. 7-a. oxiridayoq Misrda M. zimmasiga tunda qo‘shimcha
namozlarni o‘qish yuklatilgan. Bundan tashqari 9-a.ning ikkinchi yarmida M.ning maxsus
xonasida namozxonlar tunda Qur’ondan sura, oyatlarni tilovat qilishlari lozim bo‘lgan,
12-a.ning ikkinchi yarmida, Salohiddin davrida M. kechki azon paytida aqida o‘qiy
boshlagan, 14-a. boshidan esa, juma kunlari ertalab minorada zikr tushilgan.
Muhammad (sav) huzurlarida ikki M. - habash cho‘ri o‘g‘li Bilol ibn Raboh va Abu Bakr
(ra)ning mavlosi Ibn Umm Maktum bo‘lishgan. Shuning uchun masjidlarda ikki M.
bo‘lishi maqtovga sazovor deb bilingan. Biroq kichik masjidlarda M.ning
vazifasini
ko‘pincha imomning o‘zi bajargan va bajarmoqda. M.lik vazifasi ko‘pincha merosiy
bo‘lgan. Xalifa Usmon (ra) davrida (644-656) M.lar maosh oladigan bo‘lishgan.
O’rta asrlarda Mlar tashkilot (korporatsiya)ga birlashganlar, uning tepasida rais al-
Muazzinin turgan. M.
vazifasini tahoratsiz, mast, aqli noraso kishilar va ayollar bajarishi
mumkin emas. Minoralar paydo bo‘lishi bilan nazariy jihatdan M.ni balandlikdan turib
masjid atrofidagi uylarning haramiga va ichkari qismiga ko‘z tashlamasligi uchun ko‘zi
ko‘r bo‘lishi afzal deb bilingan. Hoz. paytda musulmon mamlakatlarida M.lar ovoz-
kuchaytirish moslamalaridan foydalanadilar.
MUALLAQ TOSH - Aqso masjidi yaqinidagi Qubbatus Saxra masjidi ichidagi tosh.
Quddus (Isroil) sh.da. Rivoyatlarga qaraganda, Rasululloh
tosh orqali Buroqga
chiqqanlar. Ushbu M. t.ning hajmi taxm. 7-8 kv. metr keladi. Uning pastki qismida 2
kishi sig‘adigan g‘orcha bor. G’or ichiga kirilsa, 7 kishi sig‘adigan joy bo‘lib, u yerga
joynamoz to‘shab qo‘yilgan, kirgan odam ikki rakaat namoz o‘qib chiqadi. Ushbu tosh
atrofi 1 m balandlikda panjara bilan o‘rab qo‘yilgan. Rasululloh osmonga
ko‘tarilganlarida
tosh ham orqalaridan ergashib, havoga ko‘tarilgan-u, payg‘ambar
"to‘xta" deganlarida, u yerdan 2 m ko‘tarilganicha qolavergan. Musulmonlarga bu toshni
muqaddaslashtirish yoki ziyorat qilish buyurilmagan.
Dostları ilə paylaş: