www.ziyouz.com kutubxonasi
204
MUSANNAF (arab. - tanlab olingan, tanlangan) - hadis to‘plamlarining maxsus turi.
Unda hadislar musnad turidagi to‘plamlardan farq qilgan holda mavzular bo‘yicha
to‘plangan bo‘ladi. Shuning uchun ma’lum soha yoki mavzuga oid hadisni qidirib topish
M. to‘plamlarida nisbatan osonroq bo‘lgan. Musnad tarixan ilgariroq, M. esa, keyinroq
vujudga kelgan. Buxoriy, Muslim, Ibn Moja, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy hadis
to‘plamlari M. turidagi to‘plamlarning eng mashhurlaridan hisoblanadi
MUSLIM (arab. - o‘zini Allohga bag‘ishlagan) - musulmon. M.ning ko‘plik shakli
(muslimun)ni buzib talaffuz qilinishi tufayli Eronda "musalmon", O’rta Osiyoda
"musulmon", Rossiyada "basurman" atamalari kelib chiqqan.
MUSNAD (arab. - asoslangan, dalillangan, ya’ni isnodga asoslangan) - 1) hadis
to‘plamlarining ilk turi. M.da musannafdan farq qilgan holda, hadislar ularni bir-biridan
eshitgan shaxslar silsilasiga asoslangan holda (har bir hadis uni xabar qilgan shaxsning
ismi bilan bog‘langan holda) joylashtirilgan. Shariatning ilk vakillari - molikiylik va
hanbaliylik mazhablarining asoschilari Molik ibn Anas va Ibn Hanbalning hadis to‘plamlari
M. turidagi to‘plamlardir. Musnad 3 xil ma’noda qo‘llaniladi:
1. Sanadlarning bir-biriga bog‘lanishi.
2. Kitoblarning nomi, mas., Musnad Ahmad ibn Hanbal.
3. Umumiy shaklda, hadis roviylarining o‘zidan yuqorisidagilar ham M. deb ataladi.
MUSO (as) - Qur’onda nomi tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Misr iodshosi (Fir’avn)
Ramses II davrida tavallud topdi. Rivoyatga ko‘ra, Ramses II folbinlari "Bani Isroil"
qabilasida bir go‘dak tug‘ilib, u voyaga etgach, podshohning taxtdan ketishiga sabab
bo‘ladi deb aytganlar. Shunga ko‘ra, Fir’avn amri bilan barcha tug‘ilgan o‘g‘il farzandlar
qatl etila boshlagan. M. (as)ning onasi Alloh amri bilan uni bir sandiqqa solib, Nsht
daryosiga tashlaydi. Bu hakda Qur’onda Qasos surasi, 7-11-oyatlarda bayon qilingan.
Bolani Fir’avnning xotini topib olib tarbiya qildi. Yosh M. (as) bir misrlik bilan urishib uni
o‘ldirib qo‘yadi va Madyanga qochadi (Qasos surasi 12-51-oyatlar) u yerda uylanadi.
Ba’zi rivoyatlarda M. (as) Shuayb (as)ning qiziga uylanganligi aytiladi. Bir necha yildan
so‘ng Misrga qaytadi. Yo‘lda qorong‘ida adashib qolib, olov ko‘rinayotgan joyga
yaqinlashadi. Bu yerda Alloh nidosini eshitadi va u payg‘ambarlikka ixtiyor etiladi. Unga
yolg‘iz Allohga ibodat qilib, Fir’avn va uning xalqini iymonga da’vat etish buyuriladi. M.
(as)ga birodari Xorun yordamchi qilib beriladi. Misrga qaytib kelgan M. (as) zolim
Fir’avnni hidoyatga chaqirib, pand-nasihatlar qiladi. Biroq, Fir’avn va atrofidagilar M. (as)
so‘zlarining rostligi, haqiqatan ham payg‘ambar ekaniga ishonmaydilar. M. (as)ning
qo‘lidagi tayoqning ilonga aylanishi, cho‘ntagidan qo‘lini chiqarganda, oyna kabi yaltirab
ko‘zlarni qamashtirishi kabi mo’jizalarini shunchaki "sehr" deb hisoblaydilar (A’rof surasi
106-126- oyatlar). Fir’avn M. (as)ning qavmi bo‘lmish "Bani Isroil"ga nisbatan tazyiqni
kuchaytiradi. Shunda Alloh Misrga turli ofatlar yubordi. M. (as) o‘z qavmi bilan yurtni
yashirincha tark etib, Falastin tomon ketadi. Fir’avn ularning izidan tushadi, lekin
qo‘shinlarini Qizil dengiz yutib yuboradi (Yunus surasi 90-92-oyatlar). M. (as)
Muhammad(sav)ning o‘tmishdoshi bo‘lgan haqiqiy payg‘ambar sifatida ulug‘lanadi. Unga