Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
202
qilgan. M. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida va Buxoro madrasalaridan birida tahsil
oldi. So‘ngra Darxon mahallasi masjidida imomlik qildi. U Qur’onni
yaxshi qiroat qilgani
va diniy bilimlarni puxta o‘zlashtirgani uchun "qori" unvoniga sazovor bo‘ldi. M. ziyoli
inson sifatida o‘qish va o‘qitish, madrasa va maktab islohotiga oid ilg‘or fikrlarni ilgari
surdi.
U jadid maktablarini ochib, u yerda dars berdi. Shunday maktablar uchun darslik
va qo‘llanmalar yozdi. "Tajvid" (Qur’onni qoidali o‘qish) kitobi darslik sifatida
qo‘llanilgan. M. Turkiston xalq dorilfununini tashkil etish va unda musulmon bo‘limi
ochilishiga katta hissa qo‘shgan.
M. "Havoyiji diniya" (1907) risolasida islom huquqi (fiqh)ning ibodat bo‘limiga oid
tushunchalarni sharxdab bergan. U bu asarida islom dinining
yetuk bilimdoni sifatida
namoyon bo‘ldi. Boshqa asarlarida islom dini qoidalari, shariat ahkomlarini yoritishga
katta o‘rin ajratgan. 1914 y. Salim Ismoil Ulviyning Qur’on qiroati bo‘yicha
saboq
beruvchi "Tajvid" qo‘llanmasini o‘zbekchaga o‘garib, Orenburgda nashr ettirdi. M.
"Sho‘roi islomiya" tashkilotining asoschilaridan biri bo‘ldi. 1929 y. "Milliy ittihod"
tashkiloti a’zolari bilan birgalikda kamoqqa olinib, 1931 y. Moskvada otib tashlandi.
M.ning "Havoyiji diniya" asari Toshkentda nashr etilgan (1993).
MUNKAR VA NAKIR - islomiy tasavvurga ko‘ra, o‘lganlarni qabrda dastlabki so‘roq
qiluvchi, ulardan yerdaga qilmishlari to‘g‘risida hisobot oluvchi
va qilgan gunohlariga
qarab jazolovchi farishtalar. M. va N. taqvodor bo‘lgan mayyitlarni to qiyomat bo‘lgunga
qadar tinch qo‘yadi, gunohkorlarni esa, aksincha, Alloh qancha xohlasa, shuncha
azoblaydilar. M. va N.
nomlari hadislarda eslatiladi, Qur’onda esa, bu farishtalar tilga
olinmaydi.
Dostları ilə paylaş: