Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
212
MUHARRAM (arab. - taqiklangan, muqaddas) - qad. arablarning Oy taqvimvda,
shushshgdek, musulmonlarning hijriy yil hisobida birinchi oy. M.
islomdan ilgari ham
arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar o‘rtasidaga urush-janjallar va
qon to‘kishlar taqiqlangan. Bu M. oyining nomidan ham ko‘rinib turadi. M. oyining
birinchi o‘n kunida shialar imom
Husaynni yodlab motam tutadi, turli diniy marosimlar
o‘tkazadi (q. Ashuro). Islomda M. urush man qilingan to‘rt oyning biridir.
MUHOJIR ("hijrat qilgan") - Makka fathiga qadar Muhammad (sav)ga ergashib
Madinaga ko‘chib borgan musulmon. Dastlabki yillarda M.lar soni yuzga yaqin erkak
bo‘lgan. Badr jangida 70 ga yaqin kishi qatnashgan. Ular
musulmon jamoasining eng
sara qismini tashkil qilgan. Ular imon, e’tiqod yo‘lida qarindoshlik rishtalarini uzib, uy-
joy, mulklarini tashlab Rasululloh (sav)ga ergashganlar.
Dastlabki davrda M.larning ko‘pchiligi badavlat dindoshlari xayriyalari hisobiga qashshoq
yashaganlar (Qur’onda saxiylikka qilingan ko‘plab da’vatlar shu bilan bog‘liq), lekin,
yahudiylarning Banu Nadir qabilasi ko‘chirib yuborilgach,
ular uy va yerlarga ega
bo‘lishgan, o‘lja hisobiga boyiy boshlashgan. Umar I ularga boshqa musulmonlarga
qaraganda kattaroq maosh belgilagan (qancha ilgari hijrat qilgan bo‘lsa shuncha ko‘p);
o‘lja taqsimotida ularga ko‘proq ulush ajratilgan. Hatto 8-a. boshidagi Misr hujjatlarida
Mlarga atalgan ta’minotlar alohida qayd etib o‘tilgan. Xalifalik taxtiga da’vogarlarning
barchasi M.lar ichidan chikqan. Muhammad (sav) M.lar qatoriga Makkadan
Habashistonga ko‘chgan va 629 y. Madinaga qaytib
kelgan musulmonlarni ham
kiritganlar, lekin Umar I maosh belgilash chog‘ida ularni oliy darajaga kiritmagan, zero,
ular dastlabki janglarda qatnashmaganlar. Keyinchalik ularni M. deb atashmagan.
Dostları ilə paylaş: