Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
MUHTASIB (arab. - nazorat qiluvchi) - o‘rta asr musulmon davlatlarida islom 
marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat 
joylarida yurish-turishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Shariat tizimiga xos mansabdor 
shaxslar toifasiga kirgan. O’rta Osiyoda bunday amaldorlar rais deb atalgan. M.lar 
bozorlardagi narx-navo va o‘lchov asboblarining to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish, urf-
odatlarning bajarilishini kuzatish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilar (mas., ramazon 
oyida ro‘za tutmaganlar)ni jazolashga hukm chiqarish va o‘sha yerning o‘zvda hukmni 
ijro ettirish kabilar bilan shug‘ullangan. M.ni odatda davlat boshlig‘i tayinlagan va u qozi 
bilan barobar ish ko‘rgan. Ammo, M. ma’muriy jihatdan qozidan pastroq lavozim 
hisoblangan va undan ancha kam maosh olgan. M. shaharni non bilan ta’minlash, taqchil 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
paytlarda uning bahosini ma’lum chegaradan oshirmaslik, shuningdek, kemalar va hatto 
hammol, yuk tashuvchi hayvonlarga qancha yuk ortilganini ham tekshirib turish va h.k. 
bilan shug‘ullangan. M. lavozimi ayrim xristian davlatlari (Quddus qirolliga, 
Armaniston)da ham bo‘lgan. Yaqin-yaqin vaqtlargacha (1920 y.ga qadar) Buxoroda M. 
turli vazifalarni bajarib kelardi. O’zbekiston musulmonlari idorasvda masjidlarning 
moddiy va ma’naviy faoliyatini nazorat qilib turuvchi muhtasiblik bo‘limi mavjud.
 
MO’MIN (arab. - e’tiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) - ilk islom davrida Madina jamoasi 
(q. Umma) a’zosi. Shar’iy amallarni to‘kis bajaruvchi shaxs esa, muslim deb atalgan. M. 
va muslim lug‘aviy jihatdan bir-biridan tafovut qilngan. Keyinchalik ular bir mazmunda 
tushuniladigan bo‘lgan. Qur’onda M. so‘zi Allohning sifati va dindor e’tiqodining ichki, 
axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida besh joyda qo‘llanilgan. 
Ulamolar kimni M. qatoriga kiritish haqida turli fikrlarni bildirganlar. Chunonchi, axli 
sunna va jamoa "qalban ishongan" (akd bi-l-qalb), o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon qilib 
(iqror), chin niyat bilan yaxshi, solih amallarni qiluvchini M. deb hisoblaydi. Murji’iylar 
bo‘lsa, qalban ishongan va o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon qilgan kishi (solih amal 
qilmasa ham) M.dir, deydilar. M.ning mana shu ikki asosiy mohiyati haqidagi fikr boshqa 
tariqat va oqimlar tomonidan e’tirof qilingan. M. -oddiy xalq tilida yuvosh, muloyim 
odam degan ma’noni ham bildiradi. 
MO’JIZA (arab. - aqlni ojiz qoldiruvchi hodisa) - payg‘ambarlarning haqiqatan ham 
Alloh tomonidan bandalarga yuborilgan elchilar ekaniga dalil-hujjat sifatida yuz 
beradigan g‘ayri tabiiy hodisa. Mas., Muso (as)ning hissasi tayoq sifatida qo‘y 
haydashdan tashqari, kerak paytda boshqa shaklga kirib, daryoga ko‘prik bo‘lar, yoki 
ajdarga aylanib payg‘ambar foydasiga xizmat qilar edi. Qo‘llari qo‘yniga suqib olingach, 
tunda yo‘lni yoritishdek yog‘du sochar edi. Iso (as)ga og‘ir, bedavo kasalliklarni ham bir 
nafas bilan tuzatish, murdalarni tiriltira olish kabi mo’jizalar ato etilgan. Muhammad 
(sav) esa, bir necha o‘nlab mo’jizalarga ega bo‘lganlar. Ularning ichida eng ulug‘i - 
o‘qish, yozishdan mutlaqo xabari yo‘q savodsiz (ummiy) shaxsning Qur’oni karim 
oyatlarini yoddan tilovat etishi va ularning nazm va mazmun jihatidan bashariyat 
imkonida yo‘q oliy darajada aytilgan ilohiy vahiy ekanidir. G’ayritabiiy hodisalar deganda 
havoda bevosita uchish, suv betida yurish, uzoq masofani bir lahzada bosib o‘tish, jonsiz 
narsalarni gapirtirish, zarur hojatlarning ravo bo‘lishi, duosining ijobat etilishi kabi ishlar 
nazarda tutiladi. Bu xildagi hodisalar aziz-avliyolardan sodir bo‘lsa u karomat deyiladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin