NAVOIY, Nizomiddin Mir Alisher (1441 -1501) - ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri,
davlat arbobi. Hirotda tug‘ildi. Temuriylar davrida yashab, temuriy shahzodalar bilan
birga tarbiyalandi. 4-5 yoshlarida maktabga bordi, Qur’oni karim va hadislar uning
dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir qildi. N. "yoshlik va yigitlik zamonida doimo darvishlar
suhbatining talabgori edi" (Xondamir). Uning hayoti va ijodiy faoliyatida yirik shoir, Hirot
naqshbandiylik tariqatining yetakchi vakili Abdurahmon Jomiy bilan uchrashuvi katta iz
qoldirdi. Jomiyni ustoz-pir hisoblab, uning tasavvufi tarixi va namoyandalari haqidagi bir
necha asarini turkiy tilda qayta yaratdi. 1466-68 y.larda N. Samarqandda yashab taniqli
fiqhshunos Xoja Fazlulloh Abullaysdan saboq oldi. Shoirning fiqh ilmini sinchiklab
o‘rgangani badiiy ijodida ham, ijtimoiy faoliyatida ham asqotdi. N. o‘z umri davomida
musulmonlik tartib-qoidalariga, islom ko‘rsatmalariga to‘la amal qildi. Ayni vaqtda
payg‘ambarlar, so’fiylar, mashoyixlar hayoti, ularning yashash tarzlari xususida
ma’lumot beruvchi "Nasoyimul-muhabbat" ("Muhabbat shabbodasi"), "Tarixi anbiyo va
hukamo" ("Payg‘ambarlar va hakimlar tarixi") kabi asarlar yaratdi. N.ning "Xamsa"
asariga kirgan dostonlarda, devonlarda so’fiylar, darvishlar, oriflar xislatlarini ta’riflovchi
g‘azallar, muxammaslar, qitalar, boblar bor. N. bu zotlarni Xudo va payg‘ambardan
keyin tilga olib, ularni Alloh bilan insoniyat orasidagi vositachi, ruhiy va ma’naviy olam
posbonlari sifatida e’zozlaydi. N. muqaddas kitoblardagi ilohiy fikrlardan o‘z ijodida
foydalanib, ularni maxsus risolalar uchun manba sifatida qabul qildi. Chunonchi, "Arbain"
("Qirq hadis"), "Nazmul-javohir" ("Gavharlar tizimi"), "Mahbubul-qulub" ("Ko‘ngillarning
sevgani"), "Munojot", "Sirojul-muslimin" ("Musulmonlar chirog‘i") kabi kitoblari Qur’oni
karim va hadisi shariflar ta’sirida yuzaga keldi. Ularda shariat axkomlari, Alloh sifatlari,
islom arkonlari va aqidalari xususida so‘z yuritdi, bu bilan islom ta’limotining
ommalashishiga, ravnaq topishiga katta hissa qo‘shdi. N. vazir va hokim lavozimlarida
ishlaganida ham, keyin ham badiiy ijod bilan shug‘ullanish barobarida masjid va
madrasalar, xonaqoh va rabotlar bunyod etish, ilm-san’at ahdlarini tarbiyalash yo‘lida