Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
NAJAF, Mashhad Ali - Iroqdagi shahar, Kufadan 10 km g‘arbda, Mesopotamiya vodiysi 
va sahro chegarasida joylashgan ziyoratgoh, An’anaga binoan Kufa atrofida, hoz. N, 
joylashgan yerda Ali ibn Abu Tolib (kv) dafn etilgan. Umaviylar hukmronligi davrida qabr 
o‘rni sir tutilgan, shu tufayli keyinchalik N.dagi turli joylar Ali dafn etilgan yer deb 
belgilangan. Rivoyatga ko‘ra, sag‘ana xalifa Horun ar-Rashid (786-809)ning 
ko‘rsatmasiga binoan qurilgan. Ibn Havqalning xabar berishicha, Mosul hokimi, 
hamdoniylardan bo‘lgan Abul Xayja uning tepasiga katta gumbaz o‘rnatgan, 10-a. 
oxirida esa, maqbara kurilgan. 11-a. o‘rtasida maqbara sunniylar tomonidan yondirib 
yuborilgan, lekin tez orada qayta tiklangan. 14-a. boshiga kelib shaharda so’fiylar 
xonaqosi paydo bo‘lgan. 1326 y. N.ga geograf Ibn Battuta kelib uni batafsil ta’riflagan: 
jumladan u shaharning oltin darvozalari, maqbaraning oltin chiroqtsonlari, hashamatli 
gilamlari va darpardalarini qayd etgan. O’sha davrdayoq N. Iroqning eng muhim 
shaharlaridan hisoblangan. Hoz. N. - shialik ilohiyotining yirik markazi, ziyoratgohi. 
Ayniqsa, ashuro kunlari va hazrati Ali vafot etgan kun nishonlanayotgan vaqtda N. 
gavjum bo‘ladi. 
1964-1978 ylarda bu yerda Erondan quvg‘in qilingan oyatulloh Ruhullo Humayniy 
yashagan 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
NAJMIDDIN KUBRO MAQBARASI -Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (14-a. 20-
30-y.lari). So’fiylikdagi kubraviylik oqimining asoschisi, shoir, olim va shayx Najmiddin 
Kubro nomi bilan bog‘liq. Maqbara 3 xona (Najmiddin Kubro sag‘anasi joylashgan katta 
xona, bir necha qabrlari bo‘lgan kichik xona va ziyoratxona)dan iborat. Miyonsaroy va 
xonalar gumbaz tomli, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan. Bosh tarzi chuqur ravoqli, 
peshtoqgumbazli, koshinkori naqsh bilan hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili 
saqlangan. Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa bilan yakunlangan. Peshtoq devorlari va 
sag‘ana oq, ko‘k, havo rang va jigarrang koshin bilan qoplangan. Yog‘och o‘ymakorligida 
ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki gumbaz osti bag‘ali 
qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toquravoqli, ganchkori murqarnaslar bilan 
bezatilgan. Xona o‘rtasidagi sag‘ana o‘ziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu keyinchalik 
Xorazm me’moriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qo‘llanilgan. N.K.m.da Xorazm 
me’morligida musavvir va koshinpazlar tomonidan erishilgan barcha yutukdar namoyon 
bo‘lgan. 
NAJJOR, al-Husayn ibn Muhammad (? -taxm. 845) - mashhur ilohiyotchi; uning 
izdoshlari o‘zlarini najjoriylar yoki husayniylar deb atashgan. Qum sh.da tug‘ilgan, 
duradgorchilik qilgan N. munozara qilishga o‘chligi bilan shuhrat qozongan, ayniqsa, 
Basra mu’taziliylari rahbari an-Nazzom (835/836 yoki 845 y.v.e.) bilan QIZEIN 
munozara olib borgan va shulardan biri chog‘ida vafot etgan. Shahristotyning fikriga 
ko‘ra, Rey va uning atrofidagi ko‘pchilik mu’taziliylar N. ta’limotiga amal qilganlar. Ibn 
an Nadim N.ning 20 ga yaqin asari nomini keltirib o‘tgan. Ba’zi masalalarda u sunniylar 
bilan, ba’zilarida esa, mu’taziliylar bilan birga bo‘lgan. Xususan, barcha mu’taziliylar kabi 
u "abadiy ilohiy sifatlar"ni inkor etgan, buning uchun uni sunniy-sifatiylar tanqid 
qilganlar. Shu bilan birga u mu’taziliylarning inson irodasi erkinligi haqidagi aqidasini rad 
etgan va sunniy-sifatiylarning Alloh -inson xatti-harakatlarining ijodkori va harakat qilish 
imkoniyati harakat bilan bir paytda sodir bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilgan. Uni jabariy 
deb ham atashgan, chunki, u dunyoda faqat Alloh xohlagan narsagana bo‘ladi, deb 
hisoblagan. Aqoidning xususiy masalalari bo‘yicha najjoriylar ichida o‘zaro ixtilof paydo 
bo‘lgach, ular ayrim guruhdarga bo‘linib ketishgan, ularning orasida burgusiylar, 
za’faroniylar va mustadrikiylar mashhur.
NAZAR - mushohadaga asoslangan mulohaza, nazariy qarash. Bu ma’noda fiqhda ra’y 
va qiyos terminlari ishlatilgan. Kalomda N. deganda, asosan, ma’lumdan noma’lumga 
eltuvchi muhokama tushunilgan va shu ma’noda unga bahs, fikr, tafakkur, istidlol 
so‘zlari ma’nodosh bo‘lib xizmat qilgan. Shunga ko‘ra, ularning ilmi ko‘pincha "ilm an-
nazar va-l-istidlol" deb nomlangan. Falsafada nazariya va amaliyotning o‘zaro nisbatiga 
asosan nazariy aql (al-akd an-nazariy) va amaliy aql (al-akl al-amaliy) farkdangan, 
fanlarni esa, nazariy (ulum nazariya-fizika, matematika, metafizika) va amaliy (ulum 
amaliya-etika, uy-ro‘zg‘or yuritish, siyosat)ga ajratganlar. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin