Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
220
uchun ham Qur’oni karimning ko‘pdan-ko‘p oyatlarida N. haqida batafsil to‘xtab o‘tiladi
va Muhammad (sav)ni e’tirof etishga da’vat qilinadi.
NASX (arab. - bekor qilish) - Qur’on oyatlaridan ayrimlarining qiroati va yozuvini
o‘zgarishsiz saqlagan holda,
ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi
oyat - "mansux", uni bekor qiluvchi oyat -"nosix" deb ataladi. Islom tarixiga ko‘ra,
Qur’on oyatlari yaxlit emas,
balki vaqti-vaqti bilan, zarurat va ehtiyojga ko‘ra 23 y.
mobaynida nozil qilingan. Bu asnoda shariatning ayrim hukmlari oyat va hadislar
ko‘rsatmasi bilan yangilanib turgan. Shuning uchun ba’zi oyatlar mazmuni bir-biriga zid
tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan bo‘lsa, o‘shanisi nosix,
oldin
nozil qilingani esa, mansuxdir. "Baqara" surasining 106-oyatiga yozilgan tafsirlarda
N. haqida mufassal ma’lumotlar berilgan.
Dostları ilə paylaş: