Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
231
- P -
PAYG’AMBAR (fors. - xabar keltiruvchi) -islom aqidasiga ko‘ra,
Alloh bilan uning
bandalari o‘rtasidaga elchi; Allohning buyruq va ko‘rsatmalarini vahiy orqali qabul etib,
ularni o‘z ummatiga to‘la-to‘kis yetkazuvchi vakil. P. bilan Alloh o‘rtasida elchilik qiluvchi
farishta
ham borki, uning nomi Jabroildir. Ba’zida Alloh taolo P.ga bevosita vahiy
yuborishi va bevosita gaplashishi ham mumkin. Qur’oni karimda quyidagi P.lar nomi zikr
etilgan: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Lut, Ayyub,
Zul-Kifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud,
Sulaymon, Zakariyo,
Yahyo, Iso va Muhammad alayhissalom. Ana shu va b. o‘tgan P. larning barchasini
tasdiq etib, ularning barhaq P. bo‘lib o‘tganliklariga ikkilanmay
imon keltirish har bir
musulmon zimmasidagi imon shartlaridandir. Demak, P.larning birinchisi - Odam (as)
oxirgisi - Muhammad (sav)dir. Ulardan keyin to qiyomat kunigacha boshqa P. kelmaydi.
Lekin Muhammad (sav)dan keyinga o‘tgan davrda ham bir necha soxta Plar paydo
bo‘lgani ma’lum. P.lar katta-kichik gunohlardan pokdirlar. Illo, ba’zi kichik yanglish,
sahvu xatolar sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aziz-avliyolarning hech biri P.
darajasiga
yeta olmaydi.
PARANJI (arab. hijob - yoping‘ich) -islomda odatga kirgan ayollar yoping‘ichining
o‘zbeklar va tojiklar orasida tarqalgan turi. Ayollarning gavdasini, yuz-ko‘zini yashirib
turishga xizmat qilgan. P. uydan tashqarida yopinilgan. P.ning old tomoni to‘rsimon
chachvon (chimmat; tojikcha chashmband -ko‘zto‘sar) bilan berkitilgan.
Islom tarqalgan
boshqa mamlakatlarda bunday yopingachlarning juda ko‘p turlari (mas., Eron va
Afg‘onistonda chodira, turkmanlarda yashmal va h.k.) tarqalgan. Paranji yopinib yurish
odati deyarli qolmagan bo‘lib, u ayrim marosimlardagina foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: