OTIN, Otinoyi - O’rta Osiyodagi diniy maktablarda qizlar o‘qituvchisi. O.lar ayollar
o‘rtasidagi diniy marosimlar (mas., mavlud, amri ma’ruf, nahiy munkar va b.)
o‘tkazishda boshchilik qilib, ularga diniy ta’lim berish bilan ham shug‘ullangan.
OFOQXO’JA, Oppoqxo‘ja (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston - 1695, Qo‘qo‘n qishlog‘i,
Qashqar viloyati) - islom va tasavvuf ilmining yirik targ‘ibotchilaridan biri va Yorkend
xonligida taxtda o‘tirgan xo‘jalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining
rahnamolaridan Mahdumi A’zamning avlodi. O.ning ismi Hidoyatullo bo‘lib, u xalq
orasida hurmat belgisi bo‘lgan "Ofoq" ("Yorug‘ dunyo" yoki "yorug‘lik egasi") -xo‘ja nomi
bilan mashhurdir. O. yoshligada otasi Muhammad Yusuf ibn Eshon Kalon bilan turli
shaharlarda yurib bilim va tarbiya olgan. 1638 y.da Qashqarga kelib, otasi vafotidan
so‘ng bu yerdagi oqtog‘lik xo‘jalarga bosh bo‘lgan. 1670 y.da Yorkend xonligada yuz
bergan ichki kurashlar natijasida O. Qashqarni tark etib Turkiston shaharlarida,
qalmoqlar (oyrotlar) orasida va Xeshi yo‘lagadagi (Xesi-tszoulan) viloyatlarda diniy
targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullangan. 1678 y.da Tibetga borib 2 yilga yaqin yashagan va
bu yerdaga Budda dini vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan. 1680 y. Tibet zodagonlari
yordamida oyrotlar xoni bilan tanishgan. 1681 y.da qalmoqdar tomonidan Yorkend
xonligi taxtiga o‘tqazilgan. Uning jasadi Yog‘du deb nomlangan joydagi ota-buvalari
qabri yoniga dafn etilgan. Shundan boshlab ushbu qabriston "Ofoqxo‘ja mozori" deb
nomlanib, ziyorat maskaniga aylangan.
OFOQXO’JA MAQBARASI - Qashqar sh.dagi tarixiy yodgorliklardan biri. Shaharning
sharqiy-shim.dagi Qo‘qon qishlog‘ida joylashgan. Xitoy adabiyotida "Shyangpeymu"
("Iparxon mozori") deb ataladi. Binobarin, Iparxon Ofoqxo‘janing evarasi bo‘lib, uning
otasi manjur istilochilariga qarshi chiqqanligi sababli uning aka-ukalari, opa-singillari va
yaqinlari bilan birga Pekinga olib ketilgan. Uning tengsiz go‘zalligi uchun xonning unga
ko‘zi tushgan. Ammo u begona el xoqoniga itoat qilishdan bosh tortib yosh olamdan ko‘z
yumgan. Mavjud rivoyatlarga ko‘ra, Iparxonning jasadi Pekindan olib kelinib mazkur
maqbaraga dafn etilgan. O.m. ilk bor 1664 y.da qurilgan. Ofoqxo‘ja vafotidan so‘ng
qayta qurilgan. Maqbara atrofidagi katta mozor ham Ofoqxo‘ja mozori deb ataladi. U
yerda Qashqarda o‘tgan ko‘pgina yirik shaxslar ham abadiy makon topgan. Maqbaraning
tashqari tomonida 4 burchagida 4 ta minora qurilgan. Har bir minoraning bal. 18 m.
Maqbaraga kiradigan eshik devordan sal oldinga chiqarib qurilgan bo‘lib, uning 2 yonida
eshik atrofidagi peshtokdan bir oz chiqib turgan yarim minora joylashtirilgan. Maqbara
devorining qalinligi 1 m bo‘lib, 4 tomoniga darchalar ochilgan. Qurilgandan beri maqbara
ko‘p marta ta’mirlangani bois u yaxshi saqlanib kelmoqda. Maqbaraning bal. 27 m, katta
gumbaz bilan yopilgan. Qabr zalining kengligi 35x27 m, unga jami 5 avlodning vakillari
bo‘lmish 72 kishi dafn qilingan. Shular ichida eng kattasi Ofoqxo‘janing buvasi Eshon-