Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

QARMATLAR - ismoiliylarning asosiy shohobchalaridan biri tarafdorlari. Q. harakati 9-a. 
oxirida Jan. Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanga tarqalgan, dehqonlar, 
ko‘chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Harakat o‘z nomini uning 
rahbari va tashkilotchisi Hamdon ibn al-Ash’asning laqabi Qarmat (yoxud Qarmatuya, 
Qirmit)dan olgan. Uning ma’nosi manbalarda turlicha ("kalta oyoq", "qizil ko‘z" va b.) 
izoxdangan. Biroq, Hamdongacha ham Qarmatiya nomi bor edi, bu esa, Hamdon o‘z 
laqabini o‘sha davrda mavjud bo‘lgan shialikning biron-bir tashkiloti nomidan olgan deb 
hisoblashga asos bo‘ladi. Ular abbosiylar xalifaligiga qarshi qo‘zg‘olonlarga boshchilik 
qilgan. Q. yerga jamoa egaligini, umumiy (qullardan tashqari) tenglik g‘oyalarini targ‘ib 
etishgan. Ular islom marosimlarini bajarmagan, shariat qoidalarini tan olmagan, ularda 
masjidlar bo‘lmagan. Q. musulmonlarning ziyoratgohlari (mas., Ka’ba va u yerdagi "qora 
tosh" - hajar al-asvad)ni bid’at deb hisoblagan. 899 y. Q. Bahraynni bosib olib, al-
Aqsoda (Sharqiy Arabiston) o‘z davlatini tuzgan, bu davlat 11-a. oxirigacha mavjud 
bo‘lgan. 930 y. haj vaqtida Q. Makkaga hujum qilib, uni talon-toroj etishgan, hajga 
borganlarni o‘ldirishgan, bir qismini qul qilishgan, u yerdagi "Qora tosh"ni parchalab, 
o‘lja qilib olib ketishgan (20 yildan so‘ng qaytarilgan). Bu hol keng xalq ommasini Q.dan 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
chetlashtirgan. 11-a. oxiri -12-a. boshlarida Iroq va Eronda ularga qarshi shiddatli 
kurash boshlangan va Q. harakati bostirilgan. Keyinchalik Q. ismoiliylarning boshqa 
oqimlariga qo‘shilib, yo‘qolib ketgan. 
 
QASOS (arab. birovning qilgan ishiga o‘xshash ish qilish. Birov yurib o‘tgan yo‘ldan 
izma-iz yurish) - qasddan odam o‘ldirganni ham, o‘zi qanday qilib o‘ldirgan bo‘lsa, 
shunday qilib o‘ldirish. 
Q. olish islomdan oldingi johiliyat davrida ham bo‘lgan, ammo, ularda adolatsiz ravishda, 
tarafkashlik ruhida bo‘lgan. Misol uchun, "Ular bizdan 1 kishini o‘ldirsa, biz ulardan 10 
tasini o‘ldirib Q. olamiz, ular bizning qulimizni o‘ldiribdi, biz ulardan hur kishini o‘ddirib 
Q. olamiz, ular bizdan ayol kishini o‘ldiribdi, biz ulardan erkak kishini o‘ldirib o‘ch 
olamiz", qabilida edi. Qur’onda Alloh taolo Q. olishda adolat bo‘lishini, haddan 
oshmaslikni uqtirib: "Ey imon keltirganlar! Sizga o‘ldirilganlar uchun Q. farz qilindi: 
hurga-hur, qulga-qul, ayolga-ayol. Kimga o‘z birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, 
yaxshilik ila so‘ralsin va ado etish ham yaxshilikcha bo‘lsin. Bu Robbingazdan yengillik va 
rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor", degan (2:178). 
Ya’ni, qasddan odam o‘ldirganlardan Q. olish farz qilindi. 
Lekin oyati karimaga binoan, odam o‘ldirgan shaxsni qasos uchun, albatta, o‘ldirish 
shart emas, balki o‘likning egalari kechib yuborsa, o‘ldirmay qo‘yib yuborsa, o‘rniga xun 
puli olsa ham bo‘ladi. Bunda o‘lik egasi haqqini yaxshilik bilan so‘rashi lozim, aybdor 
taraf ham ularning haqqini yaxshilik bilan ado etishi zarur. Q. o‘rniga xun puli olishni 
joriy qilish ham Parvardigori Olam tomonidan berilgan yengillik va rahmlilikdir. Q. 
olishda kishilar uchun hayot bor ekan. Q. qalbdagi nafratni qondirish emas, balki oliy 
maqsad - hayot davomiyligi uchun. Q. olish yo‘lga qo‘yilsa, inson hayotini saqlab 
qolishda katta ish qilingan bo‘ladi. Chunki, har bir odam boshqa birovni o‘ddirsa, Q.iga 
o‘zining ham o‘ldirilishini biladi va hech qachon odam o‘ldirishga qo‘l urmaydi. Bir 
kishining hayotiga qasd qilish, umuman, hayotga qasd qilish bilan barobardir. Jinoyatchi 
bir kishining hayotiga qasd qilsa, umuman, hayotga qasd qilgan bo‘ladi. Shuning uchun 
buning jinoyati kuchli bo‘lib, Q. olinadi. Q. olish haqidagi hukmning o‘zi jinoyatchini 
hushiga keltirib qo‘yadi. Oz sonli qotillardan Q. olish, ko‘plab begunoh kishilarning 
hayotini saqlab qoladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin