Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
235
ta’limotini targ‘ib etgan, o‘z murshidi (shayx, eshon yoki piri)ning ko‘rsatmalarini
bajarishi shart hisoblangan. Urta Osiyoda Qlarning faoliyati bilan boshiq qalandarxona va
xonaqoxlar mavjud bo‘lgan.
QALANDARLIK - so’fiylik-zohidlik harakati. Malomatishshr
zoxddlik maktabining
goyalari ta’sirida yuzaga kelgan. Keyinchalik tsarbadar-gado darvishlar birodarligi
(tariqati) ham Q. deb atalgan. Q. Xurosonda va O’rta Osiyoda 11 -a. boshlarida yuzaga
kelib, dastlab aniq tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lmay, tarafdorlari kam edi. Keyinchalik
ommalashib, sharkda Fargonadan tortib, g‘arbda Iroq va Shom (Suriya)ga
qadar keng
tarqalgan. Naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik Q.ning mashhur suluklari
hisoblangan. Q. suluklarining ga’siri Pokiston, Hindiston,
Indoneziya, Eron va Afrikaning
ayrim mamlakatlarida hozir qam seziladi.
QALB, yurak, dil- ilohiyot va tasavvuf tushunchasi. Qur’oni karimda "Q." so‘zi 133 marta
uchraydi. Q. insonning diniy qaqiqatlarni anglab oladigan, imon va taqvodorlik xislatlari
jo bo‘lgan a’zosi sifatida tavsiflanadi. Qur’onga ko‘ra,
Alloh gunoxkor, imonsiz, zolim
kimsalarning Q.ini muhrlab qo‘yadi (10:74/75; 7:101/, ularni o‘z marhamatidan,
haqiqatni bilishdan mahrum etib, do‘zax azobiga mahkum qiladi. Tustariy, Balxiy, Nuriy,
Termiziy, Razoliy
kabi allomalar fikricha, Q. inson ichidagi ilohiy sir bo‘lib, shu tufayli
inson hatto farishtalardan ham yuqori turadi; Q. Alloh bilan inson muomala qilib
turadigan joydir; Q. narsalarning tub mohiyatini ko‘ra oladi; xudojo‘ylar Q.i billur singari
tiniq, gunoxkorlar Q.i esa,
aksincha, zang bosgan (83:14) va u haqiqatdan yiroqdir. Q.
inson xatti-xarakatlarini aks ettiruvchi ko‘zgu bo‘lib, savob amallar uni nurga to‘ldiradi,
yomon amaplar esa, aksincha, xiralashtiradi. So’fiy o‘z Q.ini "yumshatib", ilohiy
bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘zini tayyorlab borishi, dunyoviy
istaklardan voz kechishi
zarur. Q. tushunchasi zikr bilan chambarchas bog‘likdir. Zikrda til bilan birga insonning
barcha a’zolari qatnashadi, Q. esa, ular ichida eng muhimi sanaladi. Zikr tufayli Alloh
so’fiyning Q.idan joy olib, bajaradigan barcha amallarining
birdan-bir sababi va
harakatlantiruvchi kuchiga aylana boradi.
Dostları ilə paylaş: