Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
Muhammad ibn al-Hanafiya (taxm. 700 y. v.e.)ning "qaytishini" kutgan kaysoniylar 
muhitida paydo bo‘lgan. 8-a.ning taxm. 70-y.laridan Ali(kv) xonadonidan bo‘lgan Q.ning 
qaytishi g‘oyasini ilk ismoiliylar, xususan, muborakiylar - Muhammad ibn Ismoil ibn 
Ja’far imomligi tarafdorlari targ‘ib qila boshladilar. Qarmatlar ularning g‘oyaviy izdoshlari 
edi. 
Imomiylar va ismoiliylar muhitida Q. ko‘pincha Mahdiy ("to‘g‘ri yo‘ldan boshlovchi") bilan 
aynan bir deb hisoblanadi. Bu - Ali xonadoniga mansub "yashirin" imom Qiyomatga 
yaqin paydo bo‘lishi lozim. Kelishi kutilayotgan Mahdiyga ishonish shialikdagi asosiy 
aqidalardan biri. Agarda sunniylar uchun kutilayotgan Mahdiy - "Payg‘ambar (as)ning 
so‘nggi o‘rinbosari (xalifasi) bo‘lsa, shialar uchun Q. Mahdiy - "ilohiy ko‘rsatma"ga ko‘ra, 
to‘la hokimiyatga ega bo‘lgan va mutlaq begunoh hukmdor. Bu - "mavjudlik kugbi" 
(kutb al-vujud), u tufayli yerda hayot mavjud.
QUBBAT as-SAXRA ("Qoya gumbazi") -Quddusdagi al-Harom ash-Sharif markazidagi, 
qadimdan e’zozlanib kelingan qoya ustidagi gumbazli masjvd, Ibrohim (as) Ismoil (as)ni 
shu qoya ustida qurbonlikka keltirishga jazm etgan. Musulmon an’anasi uni isro’ va 
me’roj voqeasi bilan bog‘laydi. Q. as-S. islomning eng muqaddas ziyoratgohlaridan, o‘rta 
asrlarda muqaddasligi bo‘yicha 3- (Makka va Madinadaga masjidlardan keyin) bo‘lgan. 
Abdulmalik davrida qurilgan (686-691). Musulmon diniy me’morligining eng noyob 
yodgorliklaridan biri. Qoya uzra diametri 20,5 m va bal. 30 m bo‘lgan tumbaz qad 
ko‘targan. Bu yerda Muhammad (sav)ning mo‘yi muboraklari saqlanadi. Salib yurishlari 
davrida Q. as-S. cherkovga aylantirilgan, bu davrdan xotira sifatida yog‘och ayvon 
(minbar) saqlanib qolgan bo‘lib, u Qur’on qo‘yiladigan taglikka aylantirilgan. 
Tadqiqotchilarning fikricha, Q. as-S. o‘zining ulug‘vorligi bilan Quddusdagi xristian 
cherkovlarini o‘z soyasida qoldirib ketish maqsadida qurilgan. 
QUDDUS, Bayt ul-Muqaddas, Bayt ul-Makdis, Ierusalim (arab. - al-Quds) -xristianlar, 
yahudiylar va musulmonlarning muqaddas shahri. Q.da arab madaniyatiga oid 
yodgorliklar: Qubbat as-Saxra (7-a,), al-Aqso masjidi (8-a.) va b. bor.
QURAYSH - Makkada yashagan arab qabilasi. Shu qabilaning hoshimiylar xonadonida 
Muhammad(sav) tugilganlar. Qdiniy yozuvlar, dunyoviy adabiyotlar va og‘zaki 
rivoyatlarda ko‘proqtilga olinadi. Qur’onning 106-surasi Q. nomi bilan ataladi. Islomning 
paydo bo‘lishi arafasida Q. zodagonlari savdo-sotiq tufayli ancha boyigan, Makkada pul 
muomalasi, sudxo‘rlik, qul savdosi kuchaygan. Islom paydo bo‘lib, markazlashgan davlat 
vujudga kelishi bilan Qlar katta siyosiy mavqega ega bo‘lgan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin