Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
249
shuningdek, Muhammad (sav)ning zamondoshlari va raqiblari - "soxta payg‘ambar"
Abxala al-Asvad va Musaylima o‘z xudolarini shunday ataganlar. Qur’onda ar-R.
- Alloh
va Rabb (Parvardigor)dan so‘ng Xudoni anglatuvchi eng ko‘p ishlatilgan atama. Qur’on
nozil qilinishining Makka davrida Muhammad (sav) xudoni asosan ar.-R. deb ataganlar.
Ar-R. ko‘plab shaxs nomlari tarkibiga kirgan (mas., Abd ar-Rahmon, "Rahmonning kuli",
ya’ni "xudoning kuli").
RIBO (arab - sudxo‘rlik) - pulga foyda (foiz) olish - sudxo‘rlik.
Islomdan ilgari arablar
orasida R. keng tarqalgan edi. Ilk islomda savdo qilish va u orqali foyda ko‘rish keng
rag‘batlantirilgani holda, pulga foyda olish qat’iyan taqiklangan va bu taqiq Qur’onda
ham o‘z ifodasini topgan (2 : 276). Hozir ham musulmon mamlakatlaridagi bank va
moliya ishlarida ushbu taqiqqa amal qilinadi (q. Islom taraqqiyot banki).
Dostları ilə paylaş: