Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
248
harakatlardan tashkil topadi. Bir R.
tugagach, yangi R. boshlanadi. Har bir namoz
ma’lum mikdordagi Rlardan iborat, ulardan bir nechasi farz,
yana bir nechasi sunnat deb
belgilangan.
RAMAZON - hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi. Islom dinida R. oyida Alloh Muhammad
(sav)ga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, R. muqaddas oy
hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro‘za tutish buyuriladi.
R. - arablarda islomdan avvalgi to‘rt
muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga to‘g‘ri
kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada R. oyida yaxshi amallar qilish
(tahannus) an’ana bo‘lgan. R. oyining 27-kuniga o‘tar kechasi Muhammad (sav)ga
birinchi vahiy kelgan (q. Laylat ul qadr). R.da ro‘za tutish hijratdan 17-18 oy keyin, ya’ni
qibla tomon o‘zgartirilgandan bir oydan so‘ng joriy etilgan.
R. bilan bog‘liq ko‘p sanalar ichida Rasululloh (as)ning nabiralari Husash tavallud topgan
kun (6-kun), Muhammad (sav)ning zavjalari Xadicha vafot etgan kun (10-kun), Badr
jangi kuni (17-kuni), Muhammad (sav)ning Makkaga kirib kelishlari kuni (19-kun),
Ali va
imom Ali ar-Rizo vafot etgan kun (21-kun), Ali tavallud topgan kun (22-kun) kabilar
e’zozlanadi. Ro‘zaning tugashi iyd al-fitr bayrami bilan nishonlanadi. Turli musulmon
mamlakatlarida qadimgi dinlarga oid marosim, bayramlarni R.oyiga to‘g‘ri
kelib qolishi
natijasida R.ga oid marosim va an’analar ham har bir mamlakatda o‘ziga xos o‘tkaziladi.
RASUL (arab. - elchi) - islom an’anasida Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil qilingan va
targ‘ibot yuritish, da’vat
qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan
payg‘ambar. Muhammad (sav)ga nisbatan doimo R. nomi qo‘llanib kelinadi, bu hatto
tashahhud (kalimai shahodat)da ham ifodalangan. Nabiy
- kitob nozil qilinmagan
payg‘ambar. Shu boisdan ham har bir rasulni nabiy deb atash mumkinligi, ammo
nabiylarni R. deb bo‘lmasligi qayd qilingan.
Dostları ilə paylaş: