Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
245
hukmlarini yurgazmoq tilagida Q. ibn A.ni bir necha islom qo‘shini bilan birga
Samarqandda qoldirgan. 677 y. sug‘diylar shaharga hujum qilgan. Samarqand sh.ning
Namozgohida Qusam shahid bo‘lgan. Uni Banu nojiya qabristonida g‘or yonida (boshqa
manbalarda - G’oziylar yonida) dafn etganlar. Sulton Sanjar Moziy zamonasida (1118 -
1157) o‘sha qabristonda "Qusamiya" madrasasi solingan. U Obi mashhad arig‘i
yaqinida
bo‘lgan Amir Temur davrida ushbu mozor imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatilgan.
Xalq orasida Shohi Zinda ("Tirik shoh") nomi b n mashhur bo‘lgan bu yodgorlik o‘rta asr
me’morchiligining eng noyob obidalaridan sanaladi.
QUTAYBA ibn MUSLIM, al-Bohiliy, Ab Hafs (taxm. 660 - 715)
- umaviylarning Xuroson
va Seyistondagi noibi (705-715) sarkarda. U 705-715 y.lar orasida Movarounnahrning
katta qismini (Romiton, 707; Varaxsha, Poykend va Buxoroni, 709 Shuman,
Kesh va
Nasaf, 710; Koshg‘ar, 713 715) Arab xalifaligiga tobe ettirgan. 715 y Qilichmozor degan
joyda (hoz. Andijon viloyati, Jalolkuduq tumanida, Andijondan 20-22 km sharqi-jan.
tarafda) isyon ko‘targan arab askarlari tomonidan o‘ldirilgan
Narshaxiyning yozishicha,
"Qutaybani qabri Fargonada mashhur bo‘lib u "Raboti Sarhang degan joyda, "Koh" deb
ataladigan bir qishloqda joylashgan.
QUTB - tasavvufdagi eng yuqori daraja Tasavvuf falsafasiga binoan, Q. komil inson
Allohning yer yuzidagi "xalifasi", uning insoniyat bilan aloqasida vositachi. So’fiylikda Q.
va b. yuqori martabalarga erishgan shu kabi zotlar haqidagi
qaydlar Tustariy va Hakim
Termiziy (9-a.) asarlarida uchraydi. 10-11 a.larga kelib, barcha so’fiylar Q.ni tan
olishgan, deyish mumkin. Ular dunyoda bir vaqtning o‘zida faqat bir Q. yashashi mumkin
deb hisoblashgan. Shu bois Q.ni "zamon qutbi' "zamon sohibi" va "zamon mardi" deb
tavsiflashgan. So’fiylar fikricha, Q. dunyoda Allohga ma’qul keladigan tartibotni saqlab
turishga da’vat etilgan. Q. oddiy
insonlar kabi oila quradi, molu dunyo to‘playdi
payg‘ambarlarning xalifalari sifatida xalqni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llab turadi. Lekin odamlar
ularning Q. ekanligani sezmaydi. Q haqidagi ta’limot Ibn Arabiy va uning izdoshlari
tomonidan bayon qilingan.
Dostları ilə paylaş: