Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

QUSAM ibn ABBOS, ibn Abdulmuttalib ibn Xoshim al-Qurayshiy (taxm. 624-677) -
sahobalardan. Muhammad (sav)ning amakivachchalari. Otasi - Abbos ibn Abdulmuttalib 
- Rasululloh (as)ning amakilari. Onasi - Rasululloh (as)ning zavjalaridan bo‘lgan 
Maymunaning singlisidir. G’iyosiddin Javhariyning yozishicha, hazrat Kusam payg‘ambar 
(as) vafot etganlaridan so‘ng ul zotni yuvganlardan biridir. Rivoyatga ko‘ra, Q. ibn A. bu 
paytda 8 yoshda bo‘lgan, uning aftu basharasi va qiliqlari butkul payg‘ambar (as)ga 
o‘xshash edi. Xalifa Ali ibn Abutolib (kv) davri (655-661)da Makka voliysi bo‘lgan. 
Muoviya davri (661-680)da Xuroson voliysi Said ibn Usmon bilan birga O’rta Osiyoni fath 
etishda qatnashgan. "Samariya"da yozilishicha, Said dinni kuchaytirmoq va shariat 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
245
hukmlarini yurgazmoq tilagida Q. ibn A.ni bir necha islom qo‘shini bilan birga 
Samarqandda qoldirgan. 677 y. sug‘diylar shaharga hujum qilgan. Samarqand sh.ning 
Namozgohida Qusam shahid bo‘lgan. Uni Banu nojiya qabristonida g‘or yonida (boshqa 
manbalarda - G’oziylar yonida) dafn etganlar. Sulton Sanjar Moziy zamonasida (1118 -
1157) o‘sha qabristonda "Qusamiya" madrasasi solingan. U Obi mashhad arig‘i yaqinida 
bo‘lgan Amir Temur davrida ushbu mozor imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatilgan. 
Xalq orasida Shohi Zinda ("Tirik shoh") nomi b n mashhur bo‘lgan bu yodgorlik o‘rta asr 
me’morchiligining eng noyob obidalaridan sanaladi. 
QUTAYBA ibn MUSLIM, al-Bohiliy, Ab Hafs (taxm. 660 - 715) - umaviylarning Xuroson 
va Seyistondagi noibi (705-715) sarkarda. U 705-715 y.lar orasida Movarounnahrning 
katta qismini (Romiton, 707; Varaxsha, Poykend va Buxoroni, 709 Shuman, Kesh va 
Nasaf, 710; Koshg‘ar, 713 715) Arab xalifaligiga tobe ettirgan. 715 y Qilichmozor degan 
joyda (hoz. Andijon viloyati, Jalolkuduq tumanida, Andijondan 20-22 km sharqi-jan. 
tarafda) isyon ko‘targan arab askarlari tomonidan o‘ldirilgan Narshaxiyning yozishicha, 
"Qutaybani qabri Fargonada mashhur bo‘lib u "Raboti Sarhang degan joyda, "Koh" deb 
ataladigan bir qishloqda joylashgan. 
QUTB - tasavvufdagi eng yuqori daraja Tasavvuf falsafasiga binoan, Q. komil inson 
Allohning yer yuzidagi "xalifasi", uning insoniyat bilan aloqasida vositachi. So’fiylikda Q. 
va b. yuqori martabalarga erishgan shu kabi zotlar haqidagi qaydlar Tustariy va Hakim 
Termiziy (9-a.) asarlarida uchraydi. 10-11 a.larga kelib, barcha so’fiylar Q.ni tan 
olishgan, deyish mumkin. Ular dunyoda bir vaqtning o‘zida faqat bir Q. yashashi mumkin 
deb hisoblashgan. Shu bois Q.ni "zamon qutbi' "zamon sohibi" va "zamon mardi" deb 
tavsiflashgan. So’fiylar fikricha, Q. dunyoda Allohga ma’qul keladigan tartibotni saqlab 
turishga da’vat etilgan. Q. oddiy insonlar kabi oila quradi, molu dunyo to‘playdi 
payg‘ambarlarning xalifalari sifatida xalqni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llab turadi. Lekin odamlar 
ularning Q. ekanligani sezmaydi. Q haqidagi ta’limot Ibn Arabiy va uning izdoshlari 
tomonidan bayon qilingan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin