www.ziyouz.com kutubxonasi
247
- R - RABOT - 1) 7-10-a.larda Kichik va O’rta Osiyo hamda Shimoliy Afrikaning musulmonlar
va xristianlar (yoki butparastlar) yonma-yon yashagan hududlarida vujudga kelgan
harbiy istehkomlar yoki qal’alar. R.larda istiqomat qilgan musulmonlar odatda ko‘ngillilar
sifatida g‘ayridinlarga qarshi urushlarda qatnashganlar. 11-12-a.larda Marokashda
paydo bo‘lgan al-Murobitun harakati va davlati o‘z nomini R. atamasidan olgan. Ayni
vaqtda Eronda R. o‘zining harbiy ahamiyatini yo‘qotdi va darvish-qalandarlarning
qarorgohi -xonaqohlarga aylandi. Keyinchalik R.ning aynan shu ma’nosi butun
musulmon dunyosiga yoyildi. 2) O’rta asrda musulmon shaharlari ichkarisidaga
omborxona, karvonsaroylar yoki shahar tashqarisidagi bozorlar.
RAVSHANIYLAR - Afg‘onistonda vujudga kelgan islom dinidaga firqa. Boyazid Ansoriy
(1525-1572) ta’limoti asosida pushtu dehqonlarining mahalliy hukmdorlar va boburiylar
siyosatiga qarshi harakati kuchaygan. Piri Ravshan deb nom olgan (firqaning nomi
shundan) Boyazid Ansoriy, so‘ngra uning o‘g‘illari va nabiralari rahbarligidagi bu harakat
17-a.ning 30-y.larigacha davom etgan, keyin bostirilgan. R. an’analari islom
an’analaridan birmuncha farq qilgan. R. harakati pushtu xalqi milliy ongining
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan, o‘z davrida bu xalqning yirik shoirlari Arzoni, Davlat,
Muxlis va b. R. tarafdori edi. Ularning va R. ba’zi rahnamolari adabiy merosining pushtu
adabiyotida muayyan o‘rni bor.
RAJM - toshbo‘ron qilish, faqat zino qilganlik uchun qo‘llaniladigan qatl turi. R. haqidaga
masala to‘laligicha fiqhning ukubot bo‘limiga tegashlidir. R. johiliyat davridagi huquqiy
normalardan qabul qilinib, Qur’on va sunna bilan tasdiqlangan. R. faqat sud hukmiga
binoan, qozi yoki uning vaqilining nazorati ostida amalga oshiriladi. Maxsus ajratilgan
yerda to‘plangan kishilar mahkumga qarata tosh otib, uni o‘lguncha toshbo‘ron qiladilar.
Agarda zino guvoxlar ko‘rsatmalari bilan aniqpangan bo‘lsa, birinchi toshlarni guvoxdar
otishi lozim, agarda zinokor o‘z gunohiga iqror bo‘lsa - imom yoki qozi otishi kerak
bo‘ladi. Jazolanuvchi o‘zini chetga tortmasligi yoki qochib ketmasliga uchun bog‘langan
yoki tizzasi yoxud beligacha yerga ko‘milgan bo‘lmog‘i lozim. Ayol kishi qatl etilayotgan
paytda uni chachvon bilan yaxshi o‘ralgan bo‘lishiga va o‘layotib badani ochilib
qolmasligiga e’tibor berish talab qilinadi. Agar zinokorning aqli noraso ekanligi aniklansa,
qatl bekor qilinadi. Agarda homilador ayol jazoga tortilishi kerak bo‘lsa, unda ba’zi
mazhablarga ko‘ra, to ayol tug‘gunicha qatl qoldiriladi, boshqasiga ko‘ra esa, emizish
davri tugaguncha yoxud qatl umuman bekor qilinadi. Zinoni isbot qilish amalda juda
murakkab bo‘lganligi tufayli barcha zamonlarda kamdan-kam hollarda R. jazosi
qo‘llanilgan. Kishini ko‘cha-kuyda hech kanday tekshirishsiz va sudsiz toshbo‘ron
qilingani haqida keng tarqalgan tasavvurlar g‘irt cho‘pchakdan boshqa narsa emas.