QUSHAYRIY, Abulqosim Abdulkarim ibn Havozin (986-1072) - xurosonlik ilohiyotchi va
so’fiy, tasavvufdagi mumtoz risola "ar- Risola fi ilm at-tasavvuf" ("Tasavvuf ilmi haqida
risola") muallifi. Nishopur atrofidagi Ustuvo mavzesida dehqon-arab oilasida tug‘ilgan.
Bolalikdan harbiy san’atdan (furusiya, isti’mol as-siloh), arab tili, adabdan ta’lim olgan.
O’smirlik chog‘ida Nishopurga borib mashhur so’fiy-ash’ariy Abu Ali ad-Daqqoq bilan
uchrashgan va tez orada uning sevimli shogirdiga, so‘ngra esa, kuyoviga aylangan.
Ustozining maslahatiga ko‘ra, Q. Abu Bakr at-Tusiydan shofi’iya fiqhini, so‘ngra ash’ariya
kalomini o‘sha davrning yirik allomalari Ibn Furoqa va Abu Ishoq al-Isfaroiniylardan
o‘rgangan. Ad-Daqqoq vafotidan so‘ng Q. uning madrasasida so’fiylar majlisiga (majlis
at-tazkir) rahbarlik qilgan. 1046 y. hajdan qaytgach, Q. madrasada hadisdan saboq bera
boshlagan (majlis al-imlo) va tez orada Nishopurning eng ko‘zga ko‘ringan diniy
arbobiga aylangan. Taxm. 1048 y.dan e’tiboran rahbarlaridan biri Q. bo‘lgan ash’ariy-
shofi’iy guruhi nishopurlik hanafiylar tomonidan qattiq quvg‘in ostiga olingan.
Hanafiylarni saljuqiylar vaziri al-Kunduriy qo‘llab-quvvatlagan. Q. qamoqqa olingan,
so‘nfa tarafdorlari tomonidan ozod qilinib, Bag‘dodga ketgan, u yerda xalifa al-Qoim
saroyida hadis ilmidan dars bergan. 1063 y. vazir xalifa g‘azabiga uchrab, so‘ngra qatl
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
246
etilgan (1064). Q. Nishopurga qaytgan. Q. islomiy ilmga doir 20 dan 30 tagacha,
jumladan 2 ta tafsir, hadislar, so’fiylik nazariyasi va amaliyotiga doir asarlar yozgan.
Uning "ar-Risola fi ilm at-tasavvuf" asari so’fiylar uchun qo‘llanma bo‘lgan va shunday
bo‘lib kelmoqda.
Islom Ensiklopediyasi
Dostları ilə paylaş: |