Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
254
- S -
SABAIYLAR, as-Saba’iya - "o‘ta" shialarning g‘oyaviy o‘tmishdoshlari;
Abdulloh ibn
Saba’ning izdoshlari. Sunniy mualliflar S.ni Ali (kv) ibn Abu Tolibni ilohiylashtirishni
targ‘ib qilgan islomdagi eng dastlabki guruh deb hisoblashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Ali
(kv) uni xudo deb e’lon qilgan S. guruhini gulxanda yondirishga buyruq bergan, bunga
javoban S. "endi biz sening haqiqatan ham xudo ekanligingni bildik, zero
faqat xudogina
o‘t bilan jazolaydi" deganlar. S. Ali (kv)ni vafot etganligini rad etadilar, ularning fikricha,
u dushmanlaridan o‘ch olish va adolat o‘rnatish uchun qaytib kelar emish. Ali (kv)ni
payg‘ambar Muhammad (sav)ning vasiyatlariga ko‘ra, vorisi deb e’lon qilgan S. islomda
birinchi bo‘lib, Ali (kv) imomligini to‘xtashi (tavaqquf) va uni Qiyomat kunigacha Mahdiy
sifatida qaytishi" (ar-raj’a) haqidagi g‘oyani ilgari surganlar. Bu tasavvurlar keyinchalik
"o‘ta" shialar, xususan kaysoniylar
orasida rivojlangan, ular imomlarni "yashirin holati"
(al-g‘ayba) va ularni Xaloskor (al-Mahdiy) sifatida qaytib kelishi haqidagi g‘oyani ishlab
chiqqanlar.
SABR - g‘am-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish; o‘z ixtiyori bilan nafsni
tiyish; yoqmagan narsa sodir bo‘lganda Alloh taolodan qo‘rqib va Uning roziligidan
umidvor bo‘lib o‘zini tutishlik. Islomda to‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish uchun kishi o‘z
mayllarini so‘ndirishi lozimligi ta’kidlanadi. S.li bo‘lish
musulmonlarning asosiy
fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qur’onning bir necha oyatlarida musulmonlarning S.li
bo‘lishiga da’vat bor. Hadislarda inson uchun S.dan yaxshiroq va ulug‘roq ne’mat ato
etilmagani bayon qilingan. Tasavvufda S. turlicha talqin etiladi. S. doim kerak. Yaxshilik
yetganida ham, yomonlik yetganida ham, zarar-kamchilik paytda ham, foyda-borchilik
paytida ham. Yo‘qchilikka S. qilish oson. Ammo borchilik, to‘qchilikka hamma ham S.
qila olmaydi.
Aslida esa, banda og‘ir paytda bardosh bilan, ne’mat yetganida shukr va
yaxshilik bilan S. qilish kerak. Ulamolarning ta’kidlashlaricha, S. turli xil bo‘ladi. Eng
ulug‘ S. imon - islom talablarini bajarish yo‘lvdagi qiyinchiliklarga chidash. Odamlarning
noo‘rin tasarruflariga S. qilish. Yetgan musibatlar va ne’matlarga S. qilish va h.k.
S. ko‘pchilik xayol qilgandek salbiy ma’noda, ya’ni nima bo‘lsa ham S. qilyapman, deb
jim-harakatsiz
turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan
mashaqqatlarni yengashdagi S.dir. Eng bosh S. havoi nafs, rohat-farog‘at, mansabni
tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir. Qur’oni karimda S.ga da’vat ko‘p
gakrorlanadi. Chunki, Allohga toatda ham, gunoxdan saqlanish yo‘lidagi to‘siqlarni
yengish
uchun ham, zaiflik kelib qolganda ham, havoi nafsni jilovlash uchun ham S.
kerak va h.k. O’tgan ulamolar S.ni umumiy tarzda uchga bo‘lganlar:
Birinchisi: Alloh harom qilgan narsalardan va gunoxlardan saqlanishga S. Ikkinchisi: toat
va kurbat hosil qilish uchun S.
Uchinchisi: yetadigan musibat va qiyinchiliklarga S. Payg‘ambar (as)ning hadislarida
ham S.ga ko‘plab chaqiriqlar bor. A.bu Musodan rivoyat qilinadi: ''Hech kimga sabrdan
ko‘ra yaxshiroq va kengroq ne’mat ato qilinmagan", dedilar. Rasululloh (sav):
"Odamlarga aralashib, ularning ozorlariga S.
qilgan musulmon, ularga aralashmaydigan
va ozorlariga S. qilmaydigan musulmondan yaxshidir", deydilar. Bundan odamlarning
ozoridan qo‘rqib ularga aralashmay qo‘yish durust emasligi chiqadi. Odamlarga aralashib
ularning ozorlariga S. qilgan odam savob oladi. U o‘sha aralashishi davomida ularga
yaxshilik ham qilib yurgan bo‘ladi. Odamlarga
aralashmagan kishi esa, ko‘pchilikka foyda
yetkazishdan bosh tortgan bo‘lishi mumkin.