Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • SAJJODA
www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
SADR (arab. - old, ko‘krak) - musulmon mamlakatlaridagi turli mansabdor shaxslarga 
beriladigan unvon. Bu unvon ba’zan din peshvolariga ham berilib, ularga butun 
davlatning yoki biror viloyatning vaqf ishlarini boshqarish vazifasi yuklatilgan. Mas., 12-
13-a.larda Buxoroda hukmronlik qilgan burhoniylar Sadri jahon nomi bilan mashhur 
bo‘lgan. 16-a.dan Usmonli turk saltanatida va 19-a.dan Eronda eng yuqori mansabdor 
shaxs (vaziri a’zam) S. (to‘lig‘i Sadri a’zam) deb atalgan. 20-a.ga kelib bu unvon 
tugatilgan. Anjuman va ilmiy majlislarda to‘rdan joy berilib, suhbatni boshqargan olim 
kishini ham qadimdan Sadri majlis deb atab kelinadi. 
 
SAJDA (arab. - ibodatda yerga egalish, yerga bosh qo‘yish) - namoz o‘qishdagi 
holatlardan biri. Har bir rakaatdagi oxirga harakat, bunda namoz o‘qiyotgan dindor tiz 
cho‘kkan holda oldinga egilib boshini yerga qo‘yadi (ya’ni S. qiladi) va uch bor subhana 
robbiyal a’lo deb tasbeh o‘qiydi. 
SAJJODA ("ta’zim qilmoq", "tiz cho‘kmoq", boshqa nomlari: musallo, bisat, xasir, 
xumra (arab.), joynamoz (fors.), namozlik (turk.) -q. Joynamoz. 
 
SAJOX - soxta payg‘ambar ayol. O’zini xudoning elchisi deb e’lon qilgan va islomni 
qabul qilgan arablarning bir qismini yo‘ldan urishga erishgan. S. tag‘libiylar orasida 
voyaga yetgan va ular orasida tarqalgan xristianlikdan yaxshi xabardor bo‘lgan. 
Muhammad (sav) hayotliklari chog‘idayoq u xudoni "bulutlar egasi" deb atab, undan 
xabarlar kelayotganini bildirgan. "Vahiylar"ni qofiyali saj’ usulida, maxsus minbardan 
turib aytgan, ibodatga chaqiruvchi muazzini ham bo‘lgan. Iroqdan S. bir guruh 
tarafdorlari bilan o‘zining qadrdon tamim qabilasi hududiga ko‘chib o‘tgan, u yerda 
qabilaning o‘zaro kurashayotgan qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lib, ularni harbiy 
yurishlarga boshlab boradigan siyosiy rahbarga aylangan. Bir necha 
muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng 633 y. tamimiylar Yamomaga bostirib kirganlar. Bu yerda 
hanifa qabilasi boshlig‘i, "payg‘ambar" Maslama (Musaylima) ichki nizolarni tinchitish va 
musulmonlarning hujumlarini qaytarish bilan band edi. U Yamomadan olinadigan ikki 
hosilning yarmini berish evaziga tamimiylardan qutulgan. S. bilan Maslama o‘rtasida 
yana qandaydir bir vaqtinchalik shartnoma ham tuzilgan. Musulmon rivoyatlariga ko‘ra, 
ular o‘rtasida nikoh shartnomasi tuzilib, musulmonlar bilan bo‘lgan jangda S. Maslama 
yonida halok bo‘lgan. Aslvda esa, S. Yamomaga qilingan yurishdan so‘ng Iroqqa qaytib, 
keyinchalik o‘sha yerda islomni qabul qilgan. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin