Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
RUSTUFAG’NIY, Abul Hasan Ali ibn Said ar-Rustufag‘niy (? - 961) - hanafiylikdagi 
mashhur muhaddis, faqih. Samarqand viloyatidagi Rustufag‘n (Rustufagn) qishlog‘ida 
tug‘ilgan. Fiqhga doir 3 ta asar yozgan. Sam’oniyning ma’lumotiga ko‘ra, 
Samarqandning yirik faqihlari, jumladan, Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-
Moturidiy va Abul Qosim Ishoq ibn Muhammad al-Hakim as-Samarqandiy va b. R.dan 
ilmi hikmat va ilmi haqiqatdan saboq olganlar. V.V.Bartoldning fikricha, Samarqand 
yaqinidagi Beyli ota qishlog‘ida (bu qishloq o‘rta asrlardagi Rustufagn o‘rnida 
joylashgan) R.ning maqbarasi saqlanib qolgan. RUH (arab. - jon, ko‘pligi arvoh) - diniy 
tushunchaga ko‘ra, kishi hayotida u bilan birga, vafotidan keyin esa, tanadan chiqib 
abadiy qoladigan ko‘zga ko‘rinmas narsa. Hadisi sharifda aytilishicha, ona qornidagi 
chaqaloq to‘rt oylik bo‘lgan kuni unga R. ato etiladi va umri davomida shu R. bilan 
bo‘ladi. Ba’zi ulamolar R. - bu qon desa, boshqalari nafas deb hisoblaydi. Ayrimlar esa, 
R.ni latif va nafis havodan iborat deb, uni moddiy narsalar safiga kiritadi. Qur’onga 
ko‘ra, Alloh odamzotni yaratmasdan oldinroq dastlab qiyomatga qadar keladigan 
odamlarning R.larini paydo qilgan. Islomda R.ning mohiyati haqida bahs yuritish man 
etiladi. Qur’oni karimning Isro surasida (85-oyat) R. Allohning ilmiga havola etiladigan 
sir ekani, R. to‘g‘risida odamlar juda oz ma’lumotga ega bo‘lishlari ta’kidlangan.
RUHOBOD - Samarqanddagi Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy maqbarasi (14-a.). Amir 
Temur maqbarasining shim.da joylashgan chorqirra shaklidagi gumbazli bino. Shayx 
Burhoniddin Sog‘arjiyni Amir Temur o‘ziga ma’naviy pir deb qabul qilgan. Sog‘arjiy 10-
a.da Somoniylar davrida yashab, avliyolikda Kutb pog‘onasiga ko‘tarilgan zotdir. Uning 
nasli-nasabi Umar ibn Xattobga borib taqaladi. 
 
RO’ZA (fors. - ro‘za, kunduzgi ish; arab tilida "savm" deyilib, biror narsadan o‘zini tiyish 
ma’nosini anglatadi) - islomdaga beshta rukn (majburiyat)dan biri. Har yili bir oy -
Ramazon oyida R. tutish farzligi Qur’oni karimda qayd etilgan. Bunda bomdod namozi 
vaqtining boshlanishidan to quyosh botgunga qadar yemaslik, ichmaslik, jinsiy yaqinlik, 
g‘iybat, chaqimchilik qilmaslik, harom qilingan narsalarga qaramaslik shart. R. sog‘lom, 
safarda bo‘lmagan, balog‘at yoshidagi musulmon-mo‘minlarga farz qilingan. Homilador, 
emizikli ayollar, safarda yurganlar, og‘ir bemorlar R. tutmasligi, keyin imkoniyat 
tug‘ilganda ado (qazo) etishlariga ruhsat berilgan. R.ga toqati yetmaydigan qariyalar, 
surunkali bemorlar R. o‘rniga fidya sadaqasi (bir miskinni bir bor to‘ydirish) berishlari 
mumkin. R. tutish Qur’onda belgilanganidek, insonni taqvoga, ya’ni moddiy va ma’naviy 
jihatdan sabr-toqatli bo‘lishga, irodani mustahkamlashga o‘rgatadi. R.ning ko‘pgana 
kasalliklarga shifo baxsh etishini keyingi paytda olimlar ham tasdiqlamoqdalar. Lekin, 
shariat ko‘rsatmalariga ko‘ra, R.ni boshqa maqsadlarda emas, faqat Allohning farz qilgan 
ibodatini ado etib savob orttirish, taqvoli bo‘lish maqsadidagana tutish buyuriladi. R. 
dastlab Muhammad (sav) Madinaga hijrat qilganlaridan 18 oy o‘tgach farz qilingan. Agar 
R. qasddan ochib yuborilsa, ramazondan keyin biror kun qoldirmay oltmish kun R. tutib 
beradi, bunga zaiflik yoki bemorlik tufayli qodir bo‘lmasa oltmish miskinga taom berish 
bilan kafforat to‘lanadi. R. bir necha turli bo‘ladi: yoinki 
1. Farz. Bu Ramazon oyi R.sidir. 
2. Vojib. Mas., naflga kirishib, keyin buzib qo‘yganda, uning qazosini tutib berish 
vojibdir. 
3. Nafl. Dushanba, payshanba kunlarida, shavvol oyida olti kun tutilgan R.lar. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin