Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

SAID ibn ZAYD (taxm. 600-671) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai 
Mubashshara axlidan. Otasi Zayd Banu Adaviy urug‘idan bo‘lgan. Saidning bobosi 
johiliya davrida Makkadaga boshliqdardan hisoblangan. S. ibn 3. Umar (ra)ning 
pochchasi edi. Zavjasi Fotima bilan ikkisi Umar (ra)dan avval musulmon bo‘lishgan, 
Habashistonga ham birga ko‘chishgan. Talha bilan birga Shomga jo‘natilgani uchun Badr 
jangida qatnashmagan. Lekin g‘animatlardan uning ulushi ajratilgan. Boshqa janglarda 
qatnashgan. Xalifa Abu Bakr Siddiq davrida Shom fathida ishtirok etgan. S. ibn 3. saxiy, 
ibodatga qattiq berilgan, taqvo sohibi, mujohid bir zot bo‘lgan. Dunyo ishlariga ahamiyat 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
bermagani uchun biror vazifa olmagan. Madina yaqinidagi Aqiq degan joyda vafot etgan. 
S. ibn 3. Rasuli Akramdan to‘rt hadis rivoyat qilgan.
SAID ibn al-OS (625-679) - sahoba. Islom amirlaridan. Umar (ra) huzurida tarbiya 
topgan. Usmon (ra) uni Kufaga amir qilib tayinlagan. Hazrat Usmon (ra)ga qarshi 
uyushtirilgan fitnada uni himoya qilgan. Usmon (ra) shahid bo‘lganidan so‘ng (658) 
Makkaga ketgan. Muoviya xalifalik zamonigacha (661) u yerda qolgan, so‘ng to umrining 
oxirigacha Madinaga voliy bo‘lgan. Tabariston (Eronning shimolida) fathida qatnashgan. 
Usmon (ra) huzurida bo‘lib, Qur’oni karimni jamlash va kitob holiga keltirishda faoliyat 
ko‘rsatgan. Uning Madinada qurgan qasri hozirgacha saqlanib qolgan. 
SAYID OTA, Sayid Ahmad ibn Sayid Abu Bakr (? - 1292 yoxud 1311) - yassaviya 
tariqatining yirik vakili. Toshkentda tavallud topib, ta’lim olgan. Zangi otaning 2-xalfasi 
(shogirdi). S.o. nafaqat solih amallari, tariqat yo‘lida chekkan zaqmatlari, balki jihodda 
ishtirok etganligi bilan ham mashxur. Umrining oxirida Toshkentdan Orolga ko‘chib 
borib, o‘sha yerda vafot etgan.
SAYYID - qabila boshlig‘i, janob, rahbar. Arabistonda johiliyat davrida qabila 
zodagonlari vakili, boshlig‘i. Qur’on va hadisda bir necha ma’nolarda kelgan. Ba’zi 
hadislarda insonga nisbatan rabb ("janob") istilohini S. istilohi bilan almashtirish lozimligi 
aytilsa, boshqa bir hadislarda keltirilishicha, Rasuli Akram (sav) o‘zlarini S. deb 
atashlarini man etganlari, chunki S. - faqat Allohdir deganlari rivoyat qilinadi. Asta-sekin 
shialar tashviqoti ta’sirida S. istilohi Payg‘ambar (as) avlodlariga, Xusayn avlodlariga 
nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lgan. Ular musulmon jamiyatida imtiyozli ijtimoiy tabaqani 
tashkil qilib, dindorlar orasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lishgan. Xalq S.larni ko‘pincha 
avliyolar qatoriga qo‘ygan. Avliyo ayollarni Sayyida deb atashgan. S. istilohi musulmon 
hukmdorlarining rutbalarida keng qo‘llanilgan. Bu bir tomondan Payg‘ambar (as) bilan 
qarindoshlikka da’vogarlik qilish bilan bog‘liq bo‘lsa (Dehli Slari, Buxoro amirlari, Xiva 
xonlari va b.), ikkinchi tomondan S.ni johiliyat davridagi ma’nosini saqlab qolishda va 
uni qo‘llashda ko‘rinadi, xususan S. istilohi musulmonlar hukmronlik qilgan Ispaniyada 
10-11-a. boshlarida hukmdor devoniga qurilgan (S.; as-Sayyida al-Kubro, as-Sayyida 
al-Valida - "hokim onasi"), Bahrayndagi Qarmatlar davlatida oqsoqollar kengashining 6 
a’zosini anglatgan, Masqatn sultonliga hukmdorlari S. deb atalgan (18-a.). Ba’zi 
musulmon mamlakatlarda (mas., Yaman) S. tabaqasi o‘z mavqeini saqlab qolgan. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin