Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə313/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

SAYFIDDIN BOHARZIY (1190, Xurosonning Boharz qishlog‘i - 1261, Buxoroning 
Fathobod qishlog‘i) - kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, shayx. Movorounnahr 
va Xurosondagi diniy hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda muhim rol o‘ynagan. Hirot va 
Nishopur madrasalarida o‘qigan, Xorazm va so‘ngra Buxoroda muqim yashagan. 
Najmiddin Kubroning sevimli shogirdi bo‘lib, bu tariqatni ustozi vafotidan so‘ng yanada 
rivojlantirdi. S.B.dan kubroviylik tariqatining hind tarmog‘i - firdavsiyya boshlanadi. S.B. 
mo‘g‘ullar istilosi va hukmronligiga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Uning xapq ommasi 
o‘rtasidagi kuchli nufuzidan cho‘chigan mo‘g‘ul hukmdorlari u bilan kelishishga 
intilganlar. "Tarixi Banokatiy" (15-a.) asarida yozilishicha, mo‘g‘ul xon (qoon)lari 
Munkexon (1251-1257), Hulaguxon (1256-1265) va Hubilayxon (1259-1294)larning 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
258
onasi Buxoroda maxsus madrasa va xonaqoh kurdirib, unga juda ko‘p qishloqlarni vaqf 
qilgan va mutavalli qilib shayx S.B.ni tayinlagan. Chingizxonning nevarasi, Oltin O’rda 
xoni Barakaxon (1255-1266) Buxoroga maxsus kelib, S.B.dan islom dinini qabul qilgan 
va unga murid tushgan. U musulmon bo‘lgan, o‘ziga Barakaxon ismini olgan. Barakaxon 
Shim. Kavkazdan Sibirgacha cho‘zilgan ulkan davlati hududida islom dinini joriy qilgan, 
masjvd va madrasalar kurdirgan. Bu voqeadan so‘ng S.B.ga "Shayx ul-olam" darajasi, 
Buxoro sh.ga esa, "Buxoroyi Sharif" unvoni berilgan. S.B. qabri Buxoro yaqinidagi 
Fathobodda bo‘lib, 1261 y.da dahma kurilgan. Ibn Battuta 1333 y. bu yerda bo‘lganligini 
yozib qoldirgan. Keyinchalik Chig‘atoy ulusi xoni Bayonkulixon (1348-1358) va Turon 
hukmdori Amir Temur tomonidan dahma atrofida Boharziy maqbarasi va xonaqosi 
hamda katta ziyoratxona kurilgan (14-a.). 
SALAFIYLAR, As-Salafiya (salaf -"ajdodlar", "o‘tmishdoshlar") - islomning turli 
davrlarida ilk musulmon jamoasi "solih ajdodlar" (as-salaf as-solihun) e’tiqodi va 
turmush tarziga rioya etishni da’vat etib, keyingi davrda kiritilgan barcha yangiliklarni, 
jumladan, Qur’onni majoziy-ramziy talqin etishdan boshlab musulmon dunyosini G’arb 
bilan aloqasi natijasida kirib kelgan yangiliklarni bid’at deb e’lon qilgan musulmon din 
arboblarining umumiy nomi. 
S.ga barcha sahobalar, tobeinlar, taba’a tobeinlar, mazhab sohiblari va axli sunna val 
jamoa e’tiqodidagi yirik olimlar kiradilar. G’arb adabiyotida S. mafkurasini ta’riflashda 
"traditsionalizm", "fundamentalizm", "tiklashchilik" (gevivalism) kabi terminlar 
ishlatiladi.
SALLA - musulmonlarda boshga o‘raladigan mato. Faqat erkaklar o‘raydi. Oq, yashil, 
kul rang matolardan, ko‘pincha dokadan iborat bo‘lib, do‘ppi, kuloh ustidan o‘raladi 
(Hindiston, Pokistondagana S. bosh kiyimsiz o‘raladi). Shim. Afrika, G’arbiy Osiyo va 
O’rta Osiyo, qisman Kavkazda keng tarqalgan. S. o‘rash usullari, matosi kishilarning 
qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga qarab belgilangan (mas., shialik ruhoniylari qora, 
sayyidlar va hojilar yashil matodan S. o‘raganlar). O’tmishda S. musulmonlik belgisi 
hisoblangan, ulamolar, namozxonlar uchun majburiy bo‘lgan. Ba’zi holatlarda S. kafanlik 
o‘rnini bosishi ham mumkin. Madaniyat taraqqiyoti, zamonaviy kiyimlarning keng 
tarqalishi tufayli S. hatto musulmon mamlakatlarida ham urfdan chiqib qolayotir. 
Islomda S. bilan namoz o‘qishga targ‘ib qilingan. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin