Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
255
SAVOB (arab. - yaxshilik, ezgulik, ajr) -diniy e’tiqodga ko‘ra, xudoning marhamatiga 
loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati. Insonning xatti-harakati va 
faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat bo‘lib, bu islomda savob va gunoh deb ataladi. 
Diniy ko‘rsatmalarni bajarish, inson manfaati yo‘lida faoliyat ko‘rsatish kabilar S. 
hisoblanib, insonning ish kitobi (nomai a’moli)ga farishta vositasi bilan yozib boriladi. 
Oxiratda insonlarning S. va gunohlari tarozuda tortilib, natijalar Allohning hukmiga 
havola etiladi. Lekin, hadisi sharifda ta’kidlanishicha, insonning qilib o‘tgan har qancha 
S. ishlari jannatga kirishga sabab bo‘la olmaydi. Unga kirish Allohning fazli, marhamati 
va ehsoni xisoblanadi. S. ishlar esa, jannatga kirgandan keyin erishiladigan darajalar 
uchun kerak bo‘ladi. S. so‘zi barcha yaxshi va ezgu ishlarga nisbatan ham ishlatiladi.
 
SADAQA (arab. - chin dildan qilingan ehson) - xayr-ehson. S. berish haqida Qur’onda 
ham ta’kidlab o‘tilgan. S. haqidagi masalalarni fiqhning uqubot va ahkom bo‘limlari 
talqin qiladi. S. berish imkoni bo‘lgan har bir kishi uchun zarur hisoblanadi, bu ish 
mandub amallardan sanaladi. Birovga S. bera olishga qurbi yetmaydigan kishilar S. 
olishlari mumkin. S.ning quyidagi turlari mavjud: Bir martalik xayr-ehson ko‘rinishdagi 
S.; kafforat, ya’ni xayrli maqsadlarga sarf etiladigan jarima ko‘rinishidagi S.; o‘ziga to‘q 
bo‘lgan musulmonlarning daromadlaridan yo‘qsil, miskinlar foydasiga ajratib beriladigan 
S. Dastlabki ikki holatda S. pul, ovqat, kiyim, xizmat ko‘rsatish va uy-joy bilan 
ta’minlash, qarzdan va majburiyatdan kechish va b. shaklida bo‘lishi mumkin. Uchinchi 
holatda S. - faqat pul bilan beriladigan, u maxsus soliqchilar tomonidan yig‘ilib, markaziy 
yoki mahalliy xazina (bayt ul-mol)ga kelib tushgan. Bu mablag‘ S. deb ataluvchi 
zakotdan to‘plangan mablag‘ bilan birgalikda maxsus vakolatli shaxslar tomonidan 
sugurta vositasi turi sifatida markaziy hokimiyat nomidan kambag‘al, muhtoj kishilarga 
tarqatilgan. S. mablag‘laridan yordam olishga kambag‘allar va nogironlar haqli bo‘lib, 
ularning bu holati to‘g‘risida jamoaning uch a’zosining shohidligi lozim bo‘lgan. 
Shuningdek, biror sabab bilan xonavayron bo‘lgan, qurbi yetmaydigan xarajatlar, 
to‘lovlarni to‘lashga (mas., muhtoj qarindoshlarini boqish, qarindoshi uchun diya (xun) 
to‘lash va b.) majbur bo‘lgan kishilarga ham S. beriladi va h.k. Ularning ishi yurishib 
ketsa, S. to‘lash to‘xtatiladi. S. mablag‘adan urush paytida yordam bergan, lekin ulush-
o‘lja olmaganlarga mukofot beriladi, kulni ozod qilish uchun to‘lanadigan pulning 
yetishmayotgan qismi (agar u kishining ishlari yurishmayotgan bo‘lsa) (mukotab)ni 
qoplash uchun beriladi. Shuningdek, S. to‘plovchi va taqsimlovchi amaldorlarga, 
musofirxonalarga, biror sabab bilan safarni davom ettira olmay qolgan yo‘lovchilarga 
ham mablag‘ ajratiladi. Hadislar va fiqhga oid adabiyotlarda S. istilohi bilan zakot 
anglatilgan. S. va zakot dastlab bir tushuncha ekanligi, zakotdan qoladigan mablag‘ni 
olish huquqiga ega kimsalar ham S. mablag‘laridan foydalanish huquqiga ega bo‘lganligi 
bilan ham tasdiq topadi. Ixtiyoriy S.ni majburiy to‘lovdan farqlash uchun uni sadaqa at-
tatavvu ("ixtiyoriy sadaqa") deb ataydilar. S.ning majburiy turiga zakot, xiroj, ushr, fitr, 
kafforat (jarima) kabilar kiradi. Ixtiyoriy S.lar esa, xudoyi, to‘ylar, ziyofatlar, xayriya 
tashkilotlariga, jamg‘armalarga beriladigan moddiy xarajatlardan iborat. Odatda S. 
deganda faqat muhtojlarga, gadolarga beriladigan narsa tushuniladi. Lekin diniy istiloxda 
S. xayr-ehsonning barcha turlari uchun qo‘llanilaveradi. Islomda S. qilishga ko‘p 
targ‘ibot qilinadi. Uning savobi, fazilati va foydasi to‘g‘risida Qur’on va hadislarda 
ta’kidlangan. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin