Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
ROBITA ("aloqa", "rishta") - Sharkdagi tasavvufga xos bo‘lgan istiloh. Murid bilan uning 
piri (murshid) yoki avliyo (valiy) o‘rtasida paydo bo‘ladigan ruhiy aloqa. Muridning butun 
fikri-zikrini murshid qiyofasiga jamlashi, u bilan muloqotga kirishi va o‘zligini unda 
qo‘shilib ketishi bilan erishiladi. Naqshbandiylik va qodiriya tariqatlarining ayrim 
risolalarida R. zikrdan afzal sanalgan.
ROMITANIY Xoja Ali, Xojai Azizon (13-a. o‘rtasi, Romitan tumanidagi Qo‘rg‘on qishlog‘i 
- 1316/1321) - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti 
pirning to‘rtinchisi. Xoja Mahmud Anjirfag‘naviydan tahsil olgan. Uning vafotidan so‘ng 
xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da 13-halqaning piri hisoblanadi. R.ning 
"Risolai Azizon" asari mashhur bo‘lib, unda tasavvuf maqomlari xususida so‘z yuritilgan. 
Tojik tilida bitgan she’rlarida tasavvuf g‘oyalari ilgari surilgan. Xoja Muhammad Boboyi 
Samosiyga ustozlik qilgan. Qo‘rg‘on yaqinidagi Saribo‘ston qishlog‘ida dafn etilgan. Qabri 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
251
ustida maqbara qurilgan. G.Navro‘zova va I.Qosimov "Hazrat Xoja Ali Romitaniy" 
risolasini nashr qilishgan (1984). 
 
ROFIZIYLAR (arab. rofiz - tark etish, rad etish, ba’zan maslagidan qaytish ma’nolarida) 
- o‘rta asrlarda sunniy islom ilohiyotida izchil islom yo‘lidan chetga chiqqan oqimlar, 
xususan shialar (Abu Bakr (ra) va Umar (ra)ning xalifalik huquqini rad etganlari uchun) 
R. deb atalgan. Keyinchalik Alini ilohiylashtirish tarafdorlari bo‘lgan firqalar (xususan 
ismoiliylar) shu nom bilan atalgan. Umumiy ma’noda R. imomiylar, alaviylar va 
zaydiylarga nisbat beriladi.
RUKN (arab. - asos, ustun), arkon ad-din (din asoslari) - islomda eng muhim sanalgan 
beshta vazifa. Unga "kalimai shahodat", namoz, zakot, ro‘za va haj ibodatlari kiradi. R. 
talablarini bajarish islomda har bir mo‘min-musulmon uchun majburiy-farz hisoblanadi. 
Lekin ba’zi istisno holatlarda bu majburiyat zimmadan soqit bo‘ladi. Mas., boyligi shariat 
belgilagan ma’lum mikdorga (nisobga) yetmagan kishi zakot bermaydi yoki qodir 
bo‘lmagan musulmonlar zimmasidan haj ibodati ham soqit bo‘ladi. Imonning ruknlari 
esa, ikkitadir. Ya’ni, Muhammad (sav) Alloh tomonidan keltirgan barcha ahkomu arkon 
va ma’lumotlarga dil bilan tasdiq etib, til bilan iqror qilishdir.
RUMIY, Jaloliddin Muhammad ibn Bahouddin Muhammad al-Balxiy (1207-1273) - shoir, 
mutafakkir, mavlaviylar (mavlaviya) tariqatining norasmiy shayxi. Balx (Shim. 
Afg‘oniston)da tug‘ilgan. Otasi - Muhammad ibn al-Husayn al-Xatibiy al-Balxiy (1148-
1231) Xorazmshohlar davlatida "Sulton ul-ulamo" ("Ulamolar sultoni") deb ulug‘langan. 
1231 y.da otasi vafot etgach, R. uning o‘rniga Ko‘niya madrasasining bosh mudarrisi 
bo‘ladi. Tariqat yo‘lini tutib, shoir Said Burhoniddinga shogird tushadi, so‘ng qalandar-
so’fiy Shamsiddin Muhammad Tabriziy bilan do‘stlashib, uni o‘z piri deb e’lon qiladi va 
aqliy izlanishlardan voz kechadi. Bu R. muridlari, ulamolar noroziligiga sabab bo‘ladi va 
ular fatvosi bilan Tabriziy o‘ldiriladi. R. bu fojiadan qattiq ta’sirlanib, pirining ismi 
sharifini taxallus qilib, g‘azallar yoza boshlaydi. R. she’rlarida insonlar irqi, millati, dini va 
tilidan qat’i nazar teng va hur ekanligi kuylanadi, aqidaparastlik va mutaassiblik 
qoralanadi. R. Ko‘niya (Kichik Osiyo)da vafot etgan. 
R. har bir so’fiy islom farzlarini albatta bajarishi shart, deb hisoblagan, o‘zi asos solgan 
tariqatda she’r va musiqa tinglashni, samo’ paytida gir aylanib, raqs (zikr) tushishni 
rasm qilgan. Bu esa, R. dushmanlari tomonidan shariat ko‘rsatmapariga zid deb 
baholangan. 
R.ning 25.500 baytdan ortiq "Masnaviyi ma’naviy" asari "tasavvufning chinakam 
qomusi" deb tan olingan. Unda Sharq xalqlari ogzaki ijodi namunalari - yuzlab rivoyat, 
afsona, masal, maqol, matal, ramziy hikoyatlar orqali islom va tasavvuf g‘oyalari 
masnaviy turda talqin etilgan. Jomiy va Navoiy R. ijodiga yuksak baho berishgan. 
Mashrab esa, "Masnaviyi ma’naviy"dan ilhomlanib, "Mabdai nur" axloqiy-ta’limiy 
dostonini yaratgan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda R.ning "Ichingdagi ichingdadur" 
(Toshkent, 1997) kitobi, "Masnaviyi ma’naviy" izoxdi nashrining 1-kitobi (Toshkent, 
1999) va b. asarlari nashr qilindi.


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin