Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
SAM’ONIY, Abul Muzaffar Mansur ibn Muhammad as-Sam’oniy (1035-1096) -mufassir, 
muhaddis, faqih, qozi, adib. Tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-
Sam’oniyning bobosi. Marvda tug‘ilgan. Yoshlikdan hadislarni o‘rgangan va ota-bobolari 
singari fiqhdagi qodiriya oqimiga mansub bo‘lgan. Uzoq yillar Xuroson, Iroq va Xijoz 
sh.lari bo‘ylab sayohat qilgan va 1069 - 70 y.da Makkada shofi’iylarga qo‘shilgan. 
Sayohati davomida 100 dan ortiq eng yirik muhaddislardan 1000 ta eng sara hadislarni 
to‘plagan. 50 dan ziyod shogirdi bo‘lgan. Fiqh, hadis, tilshunoslikka oid 10 ta asar 
yozgan.
 
SANAVIYA - dualistlar. Borliqning ikki oliy ibtidosi - yorug‘lik va zulmat, xudo va 
shayton va b.ni tan oluvchi g‘ayriislomiy ta’limot (zardushtiylar, moniychilar, 
mazdakiylar, daysoniylar) vakillarining islomda atalishi. Islomning ichida esa, S.ga 
ba’zan Allohdan o‘zga qandaydir oliy ibtido borligani da’vo qilgan ta’limot vakillari 
kiritilgan. Mu’taziliylar Allohni mohiyatidan farkli o‘laroq abadiy sifatlar egasi deb 
hisoblaganlari uchun sifatiylarni S. qatoriga kiritganlar; qadariylar inson o‘z xatti-
harakati "ijodkori" deb ta’lim berganlari uchun mu’taziliylarni S. deb hisoblashgan; 
falsafa dunyoni abadiy deb hisoblagani uchun S.ga mansub deb qoralangan. 
Shuningdek, ismoiliylar, xususan qarmatlarni ikki turdagi "yorug‘lik" - "yorqin" (nur 
sha’sha’ani) va "xira" (nur zulmani) mavjudligi haqida ta’lim berishgani tufayli S. 
qatoriga qo‘shishgan.
SANUSIY (yoki Snusiy), as-Sayyid (Sidi) Muhammad ibn Ali al-Mujoxiriy al-Hasaniy al-
Idrisiy (taxm. 1791-1859) - shim. afrikalik so’fiy, sanusiylar tariqati asoschisi. 
Mostag‘anim sh. (Jazoir) yaqinidagi Turs mavzeida tug‘ilgan. Nufuzli so’fiylik tariqati - 
tijoniya peshvosi Ahmad at-Tijoniy (1815 y. v.e.)ning qarashlari unga katta ta’sir 
ko‘rsatgan. 1829 y. S. safarga chiqib, mudarrislik qilgan, turli so’fiylik tariqatlari 
zikrlarida qatnashgan, Qohira va Makkada bo‘lib, xidriylar yoki xadiriylar (xidriya, 
xadiriya) tariqat peshvosi shim. afrikalik so’fiy Ahmad ibn Idrisga shogird tushgan. 
Ustozi molikiy faqihlar quvg‘inidan xalos bo‘lish uchun Makkani tark etib, Jan. 
Arabistondagi Sobiya sh.ga yashiringanda, S. unga ergashgan. Ahmad ibn Idris 
vafotidan so‘ng uning izdoshlari ikki tariqat barpo etganlar, ulardan biriga S. bosh 
bo‘lgan. 1840 (yoki 1843 y.) S. tariqatlar o‘rtasidagi nizo oqibatida Makkani tark etishga 
majbur bo‘lgan. Kirenaikaga kelib zoviyalar qurdirgan S. sanusiylar tariqati markazi etib 
Jagbubni tanlagan. Uzoqni ko‘zlovchi siyosiy va mohir tashkilotchilik qobiliyati S.ni 
mahalliy qabilalar orasida obro‘sini ko‘targan. Jagbubdagi as-S. qabri ustiga hashamatli 
maqbara qurilgan. U yaqin vaqtlargacha sanusiylarning bosh ziyoratgohi bo‘lib kelgan. 
S. ta’limoti asosida ilk islom davridagi "poklik"ga qaytish yotgan, lekin shu bilan birga u 
so’fiylik va undagi avliyolarga e’tiqod qilishni rad etmagan. 
S.ning so’fiylik qarashlaridaga xarakterli xususiyat payg‘ambar Muhammad (sav)ga 
sajda qilish bo‘lib, uning fikricha, sanusiylar doimo o‘z ibodatlarini u zotga bag‘ishlashlari 
(aurod, ahzob), uni belgilangan mikdorda (40 tadan 100 gacha) qaytarishlari kerak 
bo‘lgan. S. va uning izdoshlari o‘z tariqatlarini "Muhammadiy" (at-tariqa al-
muhammadiya) deb atashgan. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin