SA’D ibn ABU VAQQOS, to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy
(taxm. 590-674) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan,
Muhammad (sav)ning qo‘riqchilaridan biri. Quraysh qabilasidan, Rasuli Akramning
onalari Omina kabi Bani Zahra urug‘idan bo‘lgan. Madinaga ko‘chib borgan
muhojirlardan. Rasululohning barcha g‘azovatlarida qatnashib, u kishining hurmatlariga
sazovor bo‘lgan. Royat jasur, mard inson, mohir mergan hisoblangan. Uhud jangida
Rasuli Akramning yonlarida turib jang qilgan Sa’d mingdan ortiq o‘q otgan. Eronga
yuborilgan qo‘shinga lashkarboshi etib tayinlangan. Unga shuhrat keltirgan Qodisiya
jangvda (636y.) Rustam boshchiligidaga 40 ming kishilik fors qo‘shinlari yengilgan.
So‘ng Madoin (Ktesifon) sh.ni hujum bilan olgan va Sosoniy shoxlarining behisob
xazinalarini qo‘lga kiritgan. Ma’lum muddat Eron va Iroq noibi bo‘lgan. Umar (ra)
zamonida (638 y.) Kufa sh.ni qurgan. Usmon (ra)ning fojiali o‘limidan so‘ng biror ishga
qo‘shilmagan, xalifalikka da’vogarlik qilmagan. Jamal va Siffin janglarida ishtirok
etmagan. Muoviya huzuriga chaqirtirilganda bormagan. Madina tashqarisidaga uyida 84
yoshvda vafot etgan. Vasiyatiga binoan, Badr jangida kiygan va 55 y.dan beri asrab
kelgani - jundan to‘qilgan bir jubbasi bilan kafanlangan.
SA’Y - Safo va Marva tepaliklari orasida chopish, umra va haj marosimlari shartlaridan
biri. S. tavofdan so‘ng bajariladi. S. taxminlarga ko‘ra, Safo va Marva tepaliklarida
turgan Isofa va No’ila ma’budlariga sajda qilishning mustaqil marosimi bo‘lgan.
Musulmon an’anasida S.ning kelib chiqishi haqida bir necha fikrlar bor. Shulardan biriga
ko‘ra, nomi zikr etilgan tepaliklar Odamato va Momohavoning dam olish joylari bo‘lgan
ekan, shuning xotirasi sharafiga S. bajo etiladi. Boshqa bir fikrga binoan Ibrohim (as)
S.ni bajo etib Allohga ibodat qilish marosimini ado etgan. Uning yo‘liga Iblis turib olgan
va Ibrohim (as) qochishga majbur bo‘lgan. Hojar va uning o‘g‘li Ismoil (as)ning azob-
uqubatlari haqidagi fikr eng ko‘p tarqalgan. Chanqoqlikdan nobud bo‘layotgan Ismoil
(as)ni kutqarish uchun Hojar suv izlab yetti marta Safo va Marva oralig‘ida chopgan.
Tavof qilgach, ziyoratchi Masjid al-Haromdan chiqib chap oyog‘i bilan qadam bosishni
boshlab Safo tepaligiga ko‘tariladi, yuzini Ka’baga o‘giradi, Allohga iltijo qilib, o‘ziga
shafqat qilishni va balo-qazolardan saqlashni so‘raydi, so‘ngra tepalik etagiga o‘rnatilgan
ustun (mil)gacha pastga tushadi, u yerdan Marva etagidagai boshqa bir ustungacha
chopadi, shundan keyin shu tepalikka ko‘tariladi. U yerda Ka’baga qarab duo o‘qiydi va
Safoga qaytadi. S. yetti marta bajariladi. Agarda ziyoratchi "kichik haj" (umra)ni ado
etayotgan bo‘lsa, unda S.dan so‘ng ehrom holatidan chiqadi. Agar umradan so‘ng haj
qilinadigan bo‘lsa, ziyoratchi haj tugaguncha ehrom holatida qoladi. S. haj marosimining
muhim sharti (rukn al-haj) hisoblanadi, uni bajarish vojibdir. Biroq S.ni bajarmaslik
hajni bekor qilmaydi, kafforat uchun kurbonlik qilinsa bas.