Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
281
qilib, o‘zlari shogird tayyorlay boshlaganlar. Bularning hammasi T.ning tez tarqalishiga 
olib kelgan. 
10-a. oxiri - 11-a. boshlarida T.ga oid kitoblar yozildi. Ular orasida at-Tusiy (988 y. 
v.e.), al-Kalabodiy (990 yoki 995 y. v.e.), Abu Tolib al-Makkiy (998 y. v.e.), as-Sulamiy 
(1021 y. v.e.) kabilarning bizgacha yetib kelgan asarlari bor. Bu mualliflar T.ga doir 
bilimlarni tartibga soldilar, so’fiylik istiloxlarini tushuntirib berdilar. T.ni izchil islom 
ta’limoti bilan yaqinlashtirib, uni keyinchalik rasmiy ta’limot sifatida tan olinishida 
Razoliy, Abdulqodir Giloniy (Jiloniy)ning (1161 y. v.e.) xizmati katta. 12-a. o‘rtalari - 13-
a. boshlarida so’fiylar tashkil etgan zoviyalarda, xususan shaharlarda T. tariqat 
(suluk)lari vujudga kela boshladi. Bag‘dodda paydo bo‘lgan dastlabki suxravardiya va 
qodiriya tariqatlari butun musulmon olamiga tarqaldi. 
Tariqatlar tariqat nomi berilgan kishilar -Umar as-Suxravardiy va Abdulqodir Giloniydan 
ham ko‘ra, ko‘proq ularning shogirdlari va izdoshlari tomonidan vujudga keltirilgan, bu 
hol umuman tariqatlarning shakllanish jarayoni uchun xarakterlidir (mas., shoziliya, 
mavlaviya, badaviya va h.k.)-Tariqatlarning vujudga kelishi bilan T.ning ta’siri yanada 
kuchaydi. Ko‘pincha ma’murlar tariqat va zoviyalar rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashini 
istab, ularga turli imtiyozlar berdilar, hatto faoliyat yuritishi uchun pul ajratdilar. Ayni 
vaqtda ko‘p so’fiy rahnamolar dunyoviy ishlarga aralashmasdilar, ma’murlar bilan 
bevosita aloqada bo‘lmasdilar va moddiy yordamidan bosh tortardilar (chishtiya). 
Umuman so’fiylar xalq ommasi bilan yaqinlashishga harakat qilardi. 
Har qaysi alohida mintaqada so’fiylik tashkilotlarining faoliyati mahalliy xususiyatlar va 
an’analar ta’sirida bo‘ldi. T.ning ko‘p qoidalari tub ahshi o‘rtasida ildiz otgan majusiylik 
ko‘rinishlari: ajdodlarga sig‘inish, animizm, sehrgarlik kabilar bilan qo‘shilib ketdi 
(shoziliya, qodiriya). Hindistonda so’fiylik mafkurasiga buddaviylik va hinduizm qoidalari 
o‘z ta’sirini o‘tkazdi (14-16-a.lar). T. g‘oyalarining 12-13-a.larda musulmonlarning turli 
qatlam va ijtimoiy guruhlari o‘rtasida keng tarqalishi munosabati bilan uning ichki 
farqlanishi yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Asosan xalq ommasining ma’naviy 
ehtiyojlariga qaratilgan "amaliy" T. bilan birga so’fiylik ta’limotining birinchi navbatda 
o‘qimishli musulmonlar manfaatlarini ko‘zlovchi quruq muhokamaga asoslangan jihati 
yanada rivojlandi. Bu "falsafiy" T.ning asosiy qoidalarini Ibn Arabiy bayon qilib berdi. U 
o‘z falsafiy qarashlari bilan "vahdati-vujud" g‘oyasini keng ko‘lamda tarqatdi. "Falsafiy" 
T. 13-14-a.larda yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgach, keyin o‘z mavqeini yo‘qota bordi. "Komil 
inson", "borliqning birligi" (vahdati-vujud), "Mutlaqning o‘zini namoyon qilishi - 
jilolanish" (tajalli) va "nurlanish" kabi g‘oyalar bahs va munozaralar manbai bo‘lib qoldi 
(mas., vahdati mavjud va vahdati vujud tarafdorlari o‘rtasidagi tortishuvlar). T. g‘oyalari 
nazariy risolalardagina emas, shu bilan birga ko‘pdan-ko‘p she’riy asarlarda o‘z ifodasini 
topdi. So’fiylik ramziy ifodalari, timsollari va mavzulari butun diniy va dunyoviy fors 
she’riyatiga (Jaloliddin Rumiy, Sanoiy, Sa’diy, Amir Xusrav Dehlaviy, Hofiz, Jomiy, 
Ansoriy, Nizomiy va b.), shuningdek, ma’lum darajada arab she’riyatiga singib ketadi. 
Turkiy xalqlarning (birinchi navbatda Alisher Navoiy), Bolqon ya.o., Shim. Hindiston, 
Indoneziya musulmonlari adabiyoti va folklori to‘g‘risida ham shu gaplarni aytish 
mumkin. 
T.ning o‘zgaruvchanligi va yot ta’sirlarga "ochiqligi" uni turli-tuman oqimlarga bo‘linib 
ketishiga olib keldi. T. avval boshda mo‘min-itoatkorlik va dunyo halovatidan kechishni 
targ‘ib qilgan bo‘lsa, butun tarixi davomida bir necha bor isyonkorlik va Mahdiylik 
harakatlarining [Andalusiyadagi "muridlar isyoni" (12-a.), Anatoliya (Anadolu)da shayx 
Badriddin (1416 y.da o‘ldirilgan) boshchiligidagi diniy-siyosiy harakat, bobiylar, 
shoziliylar va h.k.]ning, keyinroq esa, mustamlakachilikka qarshi kurash (sanusiylar, 
qodiriylar, Shomil) mafkurasiga aylandi. T. ko‘pchilik musulmon rahnamolari tomonidan 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin