www.ziyouz.com kutubxonasi
300
jumladan asosiy manbalar haqidagi tushunchalarga ham taalluqlidir. Chunonchi,
molikiylar ijmo’ni barcha mujtahidlarning emas, balki Madinada yashovchi savodli
kishilarning mushtarak fikri deb hisoblaydilar. Zohiriylar va ayrim hanbaliylar
payg‘ambar sahobalari (choryorlar)ning yakdil fikrinigana e’tiborga oladilar.
Ja’fariylarning U. al-f. haqidagi tasavvurlari o‘ziga xosliga ular qabul qilgan imomat
kontseptsiyasi bilan izohlanadi. Shu sababli ular sunnadan tashqari eng mo’tabar o‘n ikki
imomning fikriga ham murojaat qiladilar. Huquqiy masalalarni hal etishda turli aqliy
usullarni qo‘llash sohasida mazhablar o‘rtasidagi tavofut juda yaqqol ko‘rinadi. Mas.,
hanafiylar istihsondan, molikiylar esa, istislohdan keng foydalanadilar. Ayni vaqtda
ko‘pgina ja’fariylar qiyosga shubha bilan qaraydilar, ba’zilari hatto uning fiqh manbai
ekanini mutlaqo inkor etadilar. Bunday tavofutlar huquq sohasidagi amaliyotning xilma-
xilligini aks ettirgan, mazhablar o‘zlarining fiqh manbalari haqidagi tasavvurlarini ana
shu amaliyot asosida rivojlantirganlar. Umuman olganda, U. al-f.ning klassik
kontseptsiyasi aksar hollarda fiqhning qaror topishi va rivojlanishidagi haqiqiy
jarayonlarni o‘rganishga, uning asl manbaparini umumlashtirishni emas, balki hatto
aqliy yo‘l bilan, aslida ilohiy vahiy yordamida ulug‘langan manbalar vositasida
ta’riflangan me’yorlarni rasmiy asoslashni nazarda tutadi. Shu yo‘l bilan fiqhning
barqarorliga ta’minlanadi, uning har qanday tarixiy va ijtimoiy sharoitlarga muvofiqligi
mafkuraviy jihatdan asoslanadi. U. al-f.ning o‘rta asrlar huquqshunoslari ishlab chiqqan
klassik kontseptsiyasi zamonaviy musulmon huquqshunoslari tomonidan unchalik
o‘zgarishlarsiz qabul qilingan va fiqhning nazariy asosi deb hisoblanadi. Shu sababli hoz.
zamon huquqshunoslarining umumnazariy tadqiqotlari, umuman, mazkur
kontseptsiyaga asoslangan bo‘lib, ko‘p jihatdan o‘tmishga qaratilganligi va hoz. voqelikni
e’tiborga olmasligi bejiz emas.
USULIY - imomiylar diniy-huquq tizimidagi oqimlardan biri. Unda shariat masalalarida
qiyos va ijmo’ asosida obro‘li ilohiyotchilarning bergan fikrlariga asoslanish kengroq o‘rin
olgan. Shuning uchun U. imomiylar orasida axboriylardan ko‘ra kenfoq tarqalgan.