Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
308
VOJIB (arab. - majburiyat, burch) - islomda bajarilishi zarur bo‘lgan amal turi.
Zaruriylik nuqtai nazaridan V.
farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda
V.ni inkor etish og‘ir gunoh hisoblansa-da, kofirlikka nisbat berilmaydi. "Podshohning
amri vojib" degan tushuncha Qur’onda bor. Sunniylikda V.ga shariat tushunchalari
bo‘yicha farz bilan sunnat erasidan joy berish hanafiylik mazhabidagina e’tirof etilgan.
Boshqa uch ushhabda V. alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan.
Ularda farzdan
keyin bevosita sunnatga o‘rin berilgan. V.ni esa, ular farzga qo‘shib yuborishgan.
Binobarin ular hanafiylik mazhabidagi V.larni farz qisoblaydi. Mas., besh vaqt namoz,
ro‘za, zakot, qajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, V. ham deb atayveradi.
VOIZLIK (arab. va’z - targ‘ib, nutq) -va’zxonlik, notiklik. V.
arablarda, umuman
musulmon Sharqida qadimdan mavjud bo‘lib, dabirlik, xatiblik, muzak-k i r l i k va b.
ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Savlat ahamiyatiga molik yozishmalar, maktublar va b.
hujjatlarni o‘qib berish bilan shug‘ullanuvchilar dabirlik, hayitlar,
bayramlar, turli
yig‘inlar, juma namozlari va b. ommaviy tadbirlarda ma’naviyat, axloq-odobga oid
mavzularda pand-nasihat aytuvchilar, Qur’oni karim oyatlari, Hadislarni sharhlovchilar V.
xatiblik,
tarixga oid narsa, voqea, hadislarni bayon etish, tushuntirish bilan
shug‘ullanganlar, muzakkirlik (zikr qilmoq) qilganlar. Sharqda V.ni o‘rgatuvchi maxsus
soha
kalom ilmi, balog‘a ilmi bo‘lgan. Ar-Roziy, Mavlono Riyoziy, Mavlono Muin Voiz,
Husayn Voiz Koshifiy va b. bu sohaning yetuk bilimdoni hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: