Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə370/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
VAHHOBIYLIK - islom dinining hanbaliy mazhabidagi oqim. Arabiston ya. o.ning 
markaziy qismida 18-a. o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Asoschisi - Muhammad ibn 
Abdulvahhob. U 1703 y. Uyayna degan joyda, qozi oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni 
o‘z otasidan olgach, o‘spirinlik yillari Arabiston va ko‘shni o‘lkalar bo‘ylab ko‘p safar 
qilgan. Ibn Abdulvahhob aqoidda Ibn Taymiya, Ibn al-Qayyim va Ibn Kasirga ergashdi. 
Muhammad Ibn Abdulvahhob diniy targ‘ibotni taxm. 1730 y.da boshlagan, o‘z otasining 
vafotidan (1740) so‘ng uni faollashtirgan, chunki ota-o‘g‘il o‘rtasida da’vatning uslubi 
xususida ixtilof bo‘lgan. Turk tilidagi tadqiqotlarda Ibn Abdulvahhob uzoq yillar ingliz 
josusi bilan hamkorlik qilgani haqida dalillar mavjud. V. tarafdorlari fikricha, faqat Alloh 
ma’bud va islomning manbai faqat Qur’on va Sunnadir. Muqaddas joylarni ziyorat qilish, 
aziz-avliyolardan duolarda shafoat yordam tilash shirk hisoblanadi. Musiqa, qo‘shiq va 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
umuman ma’naviy taraqqiyotning boshqa ko‘p ko‘rinishlari "bid’at" ( keyin kirib kelgan 
yangilik) deb sanaladi. Vahhobiylar "dinni tozalashga, Muhammad davrvdagi asl holiga 
keltirish"ga harakat qiladi. 
V.da g‘ayridinlarga, "ilk islom ahkomlaridan chekingan" musulmonlarga qarshi kurash 
alohida o‘rin tutadi. Ularning da’vatini qabul qilmaganlarning barchasi go‘yo "kofir"dirlar. 
Dastlabki vahhobiylar imon masalasida o‘ta mutaassibchilik, siyosiy raqiblar bilan 
kurashda esa, oshkora ekstremizm bilan ajralib turganlar. V. ta’limoti o‘sha paytdayoq 
norozilik tug‘dirgan. Ibn Abdulvahhobni hatto Uyaynadan quvib chiqarishgan. Ammo bu 
ta’limot Arabiston ya. o.ning markaziy qismvda o‘sha davrdagi mavjud muhit uchun qo‘l 
kelib qoldi. Zero, bu yerda bir necha mayda sulolalar tomonidan boshqarilgan amirliklar 
doimo o‘zaro nizolashib kelardilar. Shunday sulolalardan biri - saudiylar - taxm. 4 a.dan 
beri ad-Dir’iyani o‘zlariga markaz qilib olib, atrofdagi amirliklarni birlashtirishga harakat 
qilardilar. Amir Muhammad ibn Saud (1725-1765) bu ishda V. ta’limotidan foldalandi. 
Muhammad ibn Saud va uning o‘g‘li Abdulaziz vahhobiylar bayrog‘i ostida yarim orolning 
katta qismini kuch bilan egallab, birinchi saudiylar davlatini barpo qildshtar. Ammo bu 
davlat 19-a. boshida misrliklar istilosi natijasida quladi. V. Imom Sannusiy vositasida 
Jazoirda, Muhammad Abduh yordamida Misrda, Sharqiy Afrikaning Zanzibar 
mamlakatida tarqala boshladi, Sayid Ahmad esa, Panjob va Shim. Hindistonda 
vahhobiylar davlatini barpo qilishga uringan. Ayni vaqtda V. Arabiston ya. o.dan 
tashqarida - Hindiston, Indoneziya, Sharqiy va Shimoliy Afrikada yoyila boshladi. 20-a. 
boshida Abdulaziz ibn Abdurahmon saudiylar davlatini tiklash uchun boshlangan 
harakatga rahbarlik qildi va hoz. Saudiya Arabistoniga asos soldi. 
V. xatarli, reaktsion diniy-siyosiy oqimdir. Vahhobiylar odatda terror yoki davlat 
to‘ntarishi yo‘li bilan hokimiyat tepasiga kelishga intiladilar. 19-a.ning 70-y.larida 
Hindiston vahhobiylari Kalkutta bosh sudyasi Normanni o‘ldirish bilan "shuhrat" 
qozondilar. 1979 y. noyabr oyida saudiyalik vahhobiychi Juhayman al-Utaybiy guruhi 
musulmonlarning eng muqaddas - Makkai mukarrama sh.dagi "Masjid al-Haram"ni bosib 
oldi. Masjidni egallagach, bu yerga kelishi kutilgan podshoh Xolidni bandilikka olish, 
oralarvda bo‘lgan "Mahdiy rahbarligida umumxalq qo‘zg‘olonini ko‘tarish, dastlab 
Saudiya Arabistoni, so‘ng boshqa mamlakatlarda ham "haqiqiy" islom g‘alabasiga 
erishish rejalashtirilgan edi. Saudiya xukumati frantsuz jandarmeriyasining 
mutaxassislari yordamida ikki haftadan ortiq muddatda bu harakatni bostirdi. Rasmiy 
ma’lumotlarga ko‘ra, vahhobiylardan 117 kishi o‘ldiriddi va 143 kishi hibsga olindi, ayni 
vaqtda hukumat kuchlaridan 127 kishi halok bo‘ddi va 451 kishi yaralandi. 
V. muayyan ko‘rinishda O’zbekistonda ham paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘lib ular 1989 y. 
Namangan sh.dagi "Otavalixon" masjidini o‘zlariga qarorgoh qilib oldilar, so‘ng 1989-
1990 y.larda Qo‘qon va Andijon shaharlarida "Jome" masjidlarini zo‘ravonlik yo‘li bilan 
egalladilar. 1995 y. bu ikkala masjid faoliyati adliya boshqarmalari tomonidan 
to‘xtatilgach, vahhobiylar respublika bo‘ylab yoyilib ketdilar. O’zbekistondagi vahhobiylar 
uzun soqol qo‘yish, namozda ikki oyoqni keng kerib qiyom turish, qo‘llarni ko‘krakda 
bog‘lab turish, baland ovozda "omin" deyish bilan hanafiylik mazhabidagilardan ajralib 
turadilar. 1997 y. dek.da Namangan sh.da sodir etilgan qotilliklar ularning amaliy "ish 
uslublari" sifatida namoyon bo‘ddi. O’zbekiston hukumatining izchil siyosati V. 
ko‘rinishidagi diniy ekstremizm va aqidaparastlik yoyilishining oddini oldi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin