USHR (arab. - o‘ndan bir) - musulmon mamlakatlarida natura shaklida (ba’zan pul
bilan) davlat foydasiga, ba’zan kambag‘al, yetim-esirlar hisobiga undirilgan soliq. Har yili
dehqonchilik mahsulotlaridan olingan. U. olingan yer-suv "mulki ushriya" deb atalgan.
Turli davrlarda U. shakli mahalliy shart-sharoitga ko‘ra o‘zgargan. Mas., Usmonli turk
imperiyasida - o‘nta, o‘ntalik, salariy’a; Eron, Buxoro amirligi va b. joylarda - dahyak
deb yuritilgan. Keyinchalik yangicha daromad solig‘i joriy etila boshlagach, U. ba’zi joyda
(1918 y. Jazoirda, 1925 y. Turkiyada, 1935 y. Tunisda) bekor qilindi. Ammo ayrim
musulmon davlatlarida hozir ham mavjud. Urta Osiyoda 20-a. boshigacha U. saqlangan.
UHUD JANGI (Uhud - Madina sh. yaqinidagi tepalik nomi) - 625 y. 23 martda Uhud
tepapigida musulmonlarning makkaliklar bilan bo‘lgan jangi. Badr jangida makkalik
mushriklar mag‘lubiyatga uchragach, musulmonlardan o‘ch olmoqchi bo‘lishgan.
Makkaliklar 3000 ga yaqin jangchidan iborat bo‘lib, jumladan 200 ta otlik askar, 800 ta
sovut kiygan jangchi, Muhammad (sav)ning esa, 700 ta piyoda askarlari bo‘lib,
shulardan 100 tasida sovut bo‘lgan. Makkaliklar jang maydonida yaxshi mavqeni
egallagan edi. Muhammad (sav) ham askarlarini kerakli joyga joylashtirib tepalik
tomonini qo‘riklash uchun 50 ta kamonchini qo‘yib, ularga bu yerdan hech yerga
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
301
siljimaslikni tayinlaganlar. Jang dastlabki paytda musulmonlar foydasiga hal bo‘la
boshladi. Ular ayni dushmanni ta’qib etadigan paytda g‘animat (o‘lja) to‘plashga
tushdilar. Kamonchilar ham o‘ljasiz qolib ketmaslik niyatida o‘z turgan joylarini tashlab
ketdi. Bundan foydalangan makkaliklarning Xolid ibn Valid boshchiligidagi otliq qo‘shini
musulmonlar qo‘shini orqa tomoniga o‘tib hujum qildi. Bu jangda musulmonlar ko‘p
talafot ko‘rdi: Muhammad (sav) qurshovda qolib, yaralanganlar, 70 dan ortiq kishi halok
bo‘lgan. Makkaliklar esa, 19 kishisini boy berdi. Musulmonlar bu jangda raqib ustidan
yengilgina g‘alaba qozonamiz deb o‘ylashgan edi. Musulmonlar muvaffaqiyatsizlikka
uchraganligining sababi Qur’on oyatlarida bayon etilgan (3:145/152 - 169/175).
Islom Ensiklopediyasi
Dostları ilə paylaş: |