Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə407/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
339
- O' -
O’ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI - O’zbekiston musulmonlariga rahbarlik 
qiluvchi diniy tashkilot. 1943 y. 20 okt.da Toshkentda bo‘lib o‘tgan O’rta Osiyo va 
Qozog‘iston musulmonlari qurultoyida ta’sis etilgan. Toshkentdagi Baroqxon 
madrasasida joylashgan. Bu tashkilot 1992 y.dan Movarounnahr musulmonlari idorasi, 
1996 y.dan O’.m.i. deb ataladi. U davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat 
yuritadi. Idora o‘z hududidagi musulmonlar o‘rtasida diniy ishlarni boshqarib turadi, 
fatvolar beradi, masjidlarga imom-xatiblar tayinlaydi, diniy xodimlar tayyorlaydi. O’.m.i. 
moddiy jihatdan musulmonlardan masjidlarga tushadigan xayr-ehsonlar, yordamchi 
xo‘jaliklar va b. hisobiga ta’minlanadi. Idora rahbar organi - Oliy Hay’at. Uning raisi 
muftiy hisoblanadi. Muftiy o‘rinbosar (noib)lari bor. O’.m.ida Masjidlar, Xalqaro aloqalar, 
Xayriya, Fatvo, Ta’lim va Muhtasiblik bo‘limlari bor. Buxorodagi Mir Arab madrasasida 
(1945) va Toshkentdagi Buxoriy nomidagi Islom in-tida (1971) va bir necha diniy bilim 
yurtlarida kadrlar yetishtiriladi. Idora tasarrufidagi "Movarounnahr" nashriyotida "Islom 
nuri" gazetasi, "Hidoyat" jur., diniy adabiyotlar, diniy taqvim va b. nashr etiladi. O’.m.i. 
xorijiy mamlakatlardagi ko‘pgina diniy tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Idora har yili 3,5-4 
ming kishining haj safarini uyushtirishda faol ishtirok etadi. U.m.i. o‘z faoliyatida 
Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida"gi qonunga rioya qiladi. 
O’.m.i.ga turli yillarda Eshon Boboxon Abdumajidxon o‘g‘li (1943-1957), Ziyovuddinxon 
Boboxonov (1957-1982), Shamsuddinxon Boboxonov (1982-1989), Muhammadsodik 
Muhammadyusuf (1989-1993), Muxtorjon Abdullaev (1993-1997), Abdurashid qori 
Bahromov (1997 y.dan) muftiylik qilgan.
O’N IKKI IMOM - shialikdaga asosiy oqim - imomiylar (ba’zan "o‘n ikkichilar" -
"isnoashariya" deb ataladi) o‘rtasida e’tiqod qilinadigan imomlar sulolasi. Xalifa Ali bilan 
Fotima (Muhammad (sav) qizi)dan tarqalgan avlodlardan iborat. Ular payg‘ambar avlodi 
deb taniladi. Imomiylar ularni islomning qonuniy rahnamolari deb tanib, xalifalar 
hokimiyatini g‘ayriqonuniy deb hisoblaydi. Bular - Ali ibn Abu Tolib, Hasan, Xusayn, 
Zayn al-Obidin Ali (vafoti 713 yil), Muhammad al-Bokir (732 y.v.e.), Ja’far as-Sodiq 
(700-765), Muso al-Kozim (799 y.v.e.), Ali ar-Rizo (818 y.v.e.), Muhammad at-Taqiy 
(835 y.v.e.), Ali an-Naqiy (868 y.v.e.), Hasan al-Askariy (846-873), Muhammad al-
Mahdiy (rivoyatlarga ko‘ra, 874-878 y.lar orasida yo‘qolgan). Imomlarning ba’zilarigina 
o‘ldirilgan yoki zaharlangan, lekin shunga qaramay, imomiylar ularning barchasini 
xalifalar tomonidan o‘ldirilgan deb hisoblaydi, ularni jabrdiyda va din yo‘lida shahid 
bo‘lganlar deb motam tutadi. 12-imom - Muhammad al-Mahdiyni yashiringan deb 
hisoblab, uning qaytib kelishini kutish asrlar davomida shialar orasida an’ana sifatida 
saqlangan. Sunniylar orasida ham "imom Mahdiy"ning kelishiga ishonish ma’lum o‘rin 
egallab, u zamona oxir bo‘lganda keladi, deb tasavvur qilingan (q. Mahdiylik). Imomlar 
va imomzodalar dafn etilgan maqbaralar hozir ham shialar uchun muqaddas ziyoratgoh 
hisoblanadi, hatto ular uchun haj o‘rnini bosadi. Bunday "muqaddas joylar" Najaf, 
Karbalo, Kozimayn (Iroq), Madina (Saudiya, Arabistoni), Mashhad, Qum, Shoh Abdul 
Azim (Eron) shlarida joylashgan. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin