www.ziyouz.com kutubxonasi
340
- G' - G’AZAVOT - q. Jihod.
G’AZOLIY, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azoliy (1058-1111) - yirik
ilohiyotchi olim, faylasuf. Tus sh. (Xuroson)da tug‘ilgan. Nishopur sh.da ash’ariy ulamo
Juvayniy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk huzurida Bag‘dodda xizmat
qildi, Nizomiya madrasasida faqih-mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ismoiliylar
Nizomulmulkni o‘ldirganidan so‘ng R. haj bahonasida Bag‘dodni tark etib, Damashqda 11
yil yashadi. Keyinchalik Nizomulmulk o‘g‘li Faxrulmulk taklifi bilan yana Nizomiya
madrasasida mudarrislik qildi.
Asosiy asarlari "Tahofut ul-falosifa" ("Faylasuflarni rad etish"), "Kimyoi saodat" ("Saodat
kimyosi"), "Ixyo ulum ad-din" ("Diniy ilmlarni tiriltirish") va b.da R. islom ilohiyoti
tizimini ishlab chiqqan, uni falsafiy jihatdan asoslashga uringan. An’anaviy sunniylik
aqidalarini so’fiylik ideallari bilan birga qo‘shib talqin etgan. Inson iroda erkinligi va ilohiy
taqtsir masalalarini ko‘rib chiqib, "kasb" ("o‘zlashtirish") g‘oyasini oldinga surgan. R.ga
ko‘ra, inson Alloh buyurgan yaxshi yoki yomon amallar orasidan o‘ziga maqbulini tanlab
olishda ixtiyoriydir va shu bois, mazkur xatti-harakatlari oldindan belgilab qo‘yilishi
(takdir)ga qaramay, ular uchun aynan insonning o‘zi mas’uldir. Bir necha asarlarida G’.
musulmon faylasuflari, Aristotelning Sharqdagi izdoshlari (Forobiy, Ibn Sino va b.) bilan
olamning yaratilganligi, Koinot abadiyligi, ruhning o‘lmasligi muammolari, sababiyat
nazariyasi va h.k. bo‘yicha bahs yuritgan. Islom tafakkuri va o‘rta asr Yevropa
falsafasiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. Zamondoshlari tomonidan "Hujjat ul-islom" ("Islom
dalili") deb ulug‘langan.
G’AYB (arab. - insondan goyib hodisalar) -inson sezgi a’zolari bilan his eta olmaydigan,
bilish imkonlari bilan idrok eta olmaydigan hodisalar. Inson o‘zining nechog‘li bilimdonligi
bilan g‘ururlanmasin, uning bilganidan bilmagani ko‘p bo‘lib qolaveradi. O’sha R.
narsalarni bilishda insonning birdan-bir vositasi bor, u ham bo‘lsa, ilohiy vahiydir.
Qolgan barchasi taxmin va gumonlardan boshqa hech narsa emas.
Mo‘min-musulmonlar R.ga iymon keltirish bilan boshqalardan ajralib turadilar. Chunki,
aqida bobi, asosan, R.ga, ya’ni, ko‘zi bilan ko‘rib, qo‘li bilan ushlamagan narsalarga
ishonishdan iboratdir. Allohga imon keltirish ham R.ga imondir. Shuningdek,
farishtalarga, ilohiy kitoblarga, Payg‘ambarlarga, qiyomat kuniga, jannatga, do‘zaxga,
yaxshi-yu yomon qadarning Allohdan bo‘lishiga imon keltirish ham R.ga ishonishdir.
Ushbular va bundan tashqari insonni har tarafdan o‘rab turgan, o‘tmishni, hozirni va
kelajakni ilohiy parda ortida tutib turgan son-sanoqsiz narsalar g‘aybiyotdir. Inson G’.ni
bilish borasvda g‘oyat ojizdir. U birinchi inson - Odamatoning qaerda va qachon paydo
bo‘lganini bilmaydi. Bilishi mumkin bo‘lgan narsa - Qur’oni karimdagi ma’lumotlar.
Boshqa hammasi taxmin, gumon, faraz va h.k. Inson hatto o‘z boshiga kelajakda
qanday hodisalar kelishini bilmaydi. O’ziga tegishli narsalarni bilmaganidan keyin,
olamdagi boshqalarga aloqador narsalarni umuman bilmaydi. Alloh taolo esa, ularning
hammasini bilguvchidir. G’.ning kalitlari Alloh taoloning O’zidaligi shundadir. Bu kalitni
hatto Payg‘ambarlar ham bilmaydilar. Kimki, R. ilmini da’vo qilsa, kofirlardan bo‘ladi.
Aqoid ilmida "g‘aybiyot" deb nomlangan, imon keltirish lozim bo‘lgan narsalardan,
Arshni, Kitobni va b.ni aytish mumkin.