ZULQARNAYN (arab. - ikki shoxli) -Qur’onda qissasi kelgan mo‘min bandaning ismi. Z
shaxsi haqida turli fikrlar mavjud. Ba’zi tadqiqotchilar uni makedoniyalik Iskandar deb
hisoblashadi. Biroq, Islom ta’limotiga ko‘ra bu to‘g‘ri emas, chunki makedoniyalik
podsho Allohning yagonaligiga ishongan mo‘min bo‘lgan emas. Qur’ondagi Z esa,
mo‘mindir. Alloh "Kahf" surasida Payg‘ambar (sav)ga xitob qilib: "sendan Zulqarnayn
haqida so‘rarlar" degan. Muhammad (sav)dan odamlar Z to‘grisida so‘raganlar. Qissada
aytilishicha, Alloh taolo Z.ga yer yuzida hukmronlik, molu dunyo, askarlar va b. katta
imkoniyatlarni bergan edi. Shuningdek, Alloh unga hukm yuritish, binokorlik va
obodonchilik, davlatni mustahkam tutish kabi ishlarni o‘rgatgan edi. Z o‘z mulklarini
aylangan. O’ shim. tomon yo‘l olgan. Ikki tog‘ orasiga yetganida, ularning ortida biron
gapni anglamaydigan qavmni ko‘rgan. Bu qavm Z.dan yer yuzida buzg‘unchilik
qilguvchilar - Ya’juj va Ma’jujdan o‘zlarini himoya qilish uchun to‘siq qilib berishini
so‘rashgan. Z Alloh unga bergan ilm orqali mustahkam temir devor kurib, haligi qavmni
Ya’juj va Ma’jujning hujumlaridan saqpanishiga yordam bergan.
ZUNNUN al-MISRIY, Abul Fayz Savbon ibn Ibrohim (taxm. 796-860/61) - Misrdagi ilk
tasavvuf vakili, so’fiy shayxlardan biri. Misrdagi Axmim degan joyda tug‘ilgan. Targ‘ibot
ishlari bilan Makka, Damashq, Antioxiyada safarda bo‘lgan. Molikiylik mazhabi faqihi va
tarixchi Abdal Hakam tasavvufni targ‘ib qilgani uchun Z al-M.ni qoralagan va so’fiylik
ta’limotini "noma’qul bid’at", deb hisoblagan. Mu’taziliylar ta’limotiga qarshi bo‘lgani
uchun Z al-M. hokimiyat tomonidan ta’qibga uchragan. Z al-M.ning o‘n beshga yaqin
asari bor, deb hisoblaydilar. Bizgacha yetib kelgan she’riy parchalarida aziz-avliyolar
tarkidunyochiligining afzalliklari va tasavvuf ahlining eng oliy orzusi - Allohga
"yaqinlashish" holatlari bayon etilgan. Bunga ma’rifat orqali erishiladi, ma’rifat esa,
uning fikricha, dunyoviy ishlardan, o‘z tabiiy ehtiyojlaridan voz kechish, nafsni tiyish
orqali o‘zini kamolotga olib chiqish bilan belgilanadi. Tasavvuf an’anasida Z.al-M.
so’fiylikning "maqomat va ahvol" to‘g‘risidagi ta’limotining asoschisi hisoblanadi. Z.al-M.
Allohni insoniy qiyofada tasavvur etishni rad qiladi, uning butunlay ilohiy olam ekanligini
ta’kidlaydi. Z.al-M.ning goyalari keyingi so’fiylar tomonidan o‘zlashtirildi, rivojlantirildi.
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
338
Jomiy, Attor va b. so’fiylar hayotini vasf etuvchi majmualarida Z.al-M. shaxsini uluglab,
afsonaviy darajaga ko‘targanlar.
Islom Ensiklopediyasi
Dostları ilə paylaş: |