Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
ilohiyotchilari islomdan mu’taziliylar oqimining ajralib chiqishiga Vosil ibn Ato emas,
balki
A.i.U. sababchi deb hisoblaydilar. Aslida esa, mutaziliylarning aqlga tayanuvchi alohida
oqim bo‘lishi Vosil ibn Atoning xizmatidir. Ammo A.i.U. ham iste’dodli
shaxs sifatida
mu’taziliylar ta’limotini shakllantirishga sezilarli hissa qo‘shgan.
AMRI MA’RUF (arab. to‘liq shakli "amri ma’ruf, nahiy munkar" - "yaxshilikka buyurish,
yomonlikdan qaytarish") - islom dinidagi marosim. Musulmonlar bir-birlarini haq yo‘lga,
yaxshilik va go‘zal axloqqa chaqirishi Alloh tarafidan farz qilingan. Chunki, do‘stona,
beg‘araz nasihat, xususan, amalda o‘zi o‘rnak bo‘lgan holda, boshqalarni tarbiyalash
juda katta ta’sirga ega. Kishi o‘z
oilasini, farzandlarini diniy e’tiqod, halollik va pok
axloqda tarbiyalash ham A.m. sifatida farzi ayn hisoblanadi. Alloh musulmonlar bir-
birlarini to‘g‘ri yo‘lga da’vat etib, insoniylikka nomunosib, nojo‘ya
ishlardan
qaytarishlarini (nahiy munkar) zaruriy farzlardan qilgan. Hadislarning birida "Agar sizlar
bir-biringizni yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarib
turishlik vazifasini tark
etadigan bo‘lsangiz, Alloh taolo sizlarga shunday balo va ofatlarni yuboradiki, bu hamma
uchun fojia bo‘ladi", deb rivoyat qilinadi. Alloh taolo ham o‘z kitobida: "Sizlardan
yaxshilikka da’vat
etadigan, amri ma’ruf va nahiy munkar qiladigan bir toifa kishilar
bo‘lsin. Aynan ular najot topuvchilardir" (3.104) deydi.
ANAS ibn MOLIK, to‘liq ismi Anas ibn Molik ibn an-Nazr an-Najjoriy al-Xazrajiy al-
Ansoriy, kunyasi Abu Sumoma (610, Madina - 712, Basra) - ansorlardan va ashobi
kiromning faqihlaridan biri. Hijratning ibtidosidan e’tiboran o‘n yil Rasuli Akram(sav)ning
xizmatida bo‘lishi bilan shuhrat topgan. 2630 hadis rivoyat etgan.
Abu Bakr, Umar,
Usmon, Ubayy bin Ka’b va b. ko‘pgina ashoblardan rivoyat etgan, uning o‘zidan ham
Hasan Basriy, Zuhriy, Qatoda, Yahyo ibn Said kabi zotlar hadis naql etganlar. Basrada
eng keyin vafot etgan sahobadir.
Dostları ilə paylaş: