Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
AMIR al-MO’MININ (arab. - mo‘minlar amiri) - arab xalifaligi davridagi xalifalarning
unvoni. Islom ta’limotida Muhammad (sav) oxirgi payg‘ambar, xalifalar esa,
payg‘ambarning o‘rinbosarlari hisoblanadi. Diniy, dunyoviy va harbiy hokimiyat ularning
qo‘llarida jamlangan. Bu vazifalarni bajaruvchilar "xalifa", "imom", "amir" istilohlari
o‘rniga, har uchala mazmunni ifodalovchi yagona A.al-m. istilohi bilan atalgan. Mazkur
unvon ilk daf’a ikkinchi xalifa Umar (ra)ga berilgan, keyingi barcha xalifalar (Usmon
(ra), Ali (kv) va b.) ham shu unvon bilan atalgan.
Dostları ilə paylaş: