Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
BIBI MUSHKULKUSHOD (fors. - mushkulni oson qiladigan ayol) - diniy tasavvurlarga
ko‘ra kishini qiyinchiliklardan xalos etadigan avliyo ayol obrazi. B.M. haqidaga
rivoyatlardan birida o‘tin yig‘ib yurgan chol o‘rog‘ini yo‘qotib qo‘yadi va uni qidirib B.M.
yashaydigan g‘orga kirib qoladi. B.M. cholga agar u xar haftaning chorshanbasida unga
atab ziyofat o‘tkazsa, o‘rog‘i topilishini va hozirgisidan ko‘proq o‘tin yig‘ishi mumkinligani
aytadi. Chol bu talabni bajaradi va ishi yurishib ketadi. Chol ehtiyotsizlik qilib bir safar
chorshanbani o‘tkazib yuboradi va yana og‘ir ahvolga tushib qoladi. Xatosini tuzatgach,
yana ishi yaxshilanib ketadi. Rivoyatning musulmonlashtirilgan ko‘rinishida B.M. so’fiylik
tariqatlaridan biriga asos solgan Bahovuddin Naqshbandiyning xolasi sifatida talqin
qilinadi. Asosan, dindor ayollar orasida kishining mushkulini oson qilish, ishini yurgizish
maqsadida qilinadigan irim-sirimlar B.M. rivoyatiga borib taqaladi.
Dostları ilə paylaş: