Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
yunon va qad. yahudiy gillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rgandi. Tarix, 
matematika, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geofafiya va b. fanlarni chuqur o‘rgandi 
va bu ilmlarga oid 150 dan ortiq asar yozdi. B. Allohni birinchi yaratuvchi sifatida e’tirof 
etdi, lekin olam keyin tabiiy ravishda rivojlanadi, deb hisobladi. B. xudoga, uning 
payg‘ambariga bag‘ishlab madhlar aytgan. U koinotda Yerdan, bizning hayotimizdan 
tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi haqida fikr yuritgan. Uning mashhur "Mas’ud 
qonuni" kitobi astronomiya va matematika bo‘yicha ungacha yozilgan barcha 
kitoblarning eng mukammalidir. Qizig‘i shundaki, ushbu kitobda bayon etilgan 
ta’limotlarning ko‘pchiligini B. Qur’on oyatlari bilan solishtirgan. Shuning uchun ham 
uning "Hindiston", "Mas’ud qonuni" asarlari o‘tmishdaga barcha dinlar va islom uchun 
ham katta ahamiyatga egadir. Keyinchalik *Mas’ud qonuni"da bayon etilgan 
kashfiyotlardan Ulug‘bek rasadxonasida unumli foydalanilgan. Ulug‘bek kutubxonasida 
bu asarning bir necha nusxasi mavjud bo‘lgan. B. mamlakatning obodonchiligi ilm-
fanning gullashiga bog‘liq, inson bilimli va ma’rifatli bo‘lgandagina baxtli bo‘la oladi, deb 
bildi. Zero, islom dini ham ilm olishga da’vat etadi. B. "Qadimgi xalqdardan qolgan 
yodgorliklar", "Hindiston" asarlarida o‘sha davrdagi va undan oldingi davrdagi ko‘p dinlar 
(mas., hind e’tiqodlari, zardushtiylik va b.)ga xos urf-odatlar, marosimlar, taqvimlar 
qaqida boy ma’lumotlar qoldirgan. Uning dunyoqarashiga xos xususiyatlardan biri - diniy 
e’tiqodlarga xolisona qarashi, g‘ayri dinlarga beg‘araz munosabatda bo‘lishidir. U 
ma’rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi edi. B. asarlari rus
lotin, frantsuz, italyan, nemis, fors, ingliz, turk tillariga tarjima qilingan. Uning ijodi 
musulmon Sharqi madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin