Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
 
BID’AT (arab. - yangilik kiritmoq, yangitdan yaratmoq) - noma’qul yangilik; din 
aqidalariga xilof yangilik. Qur’on va Sunnatga xilof ravishda paydo bo‘lgan har bir narsa 
B.dir. Dastlab xalifa Usmondan norozi odamlar, asosan, shialar va xorijiylar uni 
Muhammad (sav) so‘zlari va amallariga zid yangiliklar kiritganlikda, B.da ayblaganlar. 
Keyinroq islom dunyosida diniy-g‘oyaviy ixtiloflar va bahslar avj olgan paytda B. 
tushunchasi "noto‘g‘ri yoki xato tasavvur", "yanglish fikr" degan ma’nolarni kasb etdi. 
B.ga nimani kiritishning aniq chegarasi bo‘lmagan. Faqixdar B.ni bir necha turga 
bo‘ladilar: 1) Harom B. - qadariylar, jabariylar, murji’iylar va xorijiylar mazhablarining 
qilgan B.lari; 2) Mandub B. - madrasalar tashkil etish, tarovih namozini jamoat bilan 
o‘kish: 3) Makruh B. - masjidlarni bezashga o‘xshash ishlar; 4) Muboh B. - namozdan 
keyin qo‘l olishib ko‘rishish, taom va libosda kengchilikka yo‘l qo‘yish; 5) Vojib B. - 
kerakli ilmlarni o‘rganishga o‘xshash ishlar. Ba’zi ulamolarning fikricha B. asosan, uch 
turli bo‘ladi: 1. Kofirlikka olib boradigan B. Mas., o‘liklardan, g‘oyib kimsalardan yordam 
so‘rash. 2. Harom bo‘lgan B. Mas., duoda o‘liklarni vosita qilish. 3. Makruh bo‘lgan B. 
Mas., juma namozidan keyin ehtiyot yuzasidan peshin namozini o‘qish. Muayyan amal 
bir fiqhiy mazhab vakillari tomonidan "nojoyiz yangilik", ya’ni islom ahkomlariga xilof ish 
deb baholansa, boshqa mazhab tarafdorlari uni Qur’on va sunnatga muvofiq keladigan 
"haq yo‘l" deb bilganlar. Bu xildagi bahslar hamon uchrab turadi. Aytaylik, Imom A’zam 
mazhabiga ko‘ra, ota-bobolar mozorlarini ziyorat qilish, olamdan o‘tgan ajdodlar ruhi 
poklariga duoi fotiha savob ish sanaladi va shunga rioya qilib kelinadi. Ammo hanbaliylik 
mazhabining vahhobiylik oqimi vakillari bularni B. deb hisoblaydilar. Shundan foydalanib 
odamlarni yo‘ldan urmoqchi, jamiyatda beqarorlik vujudga keltirmoqchi bo‘ladilar. B. 
bema’ni gap, safsata ma’nolarini ham anglatgan. Adabiyotda B. - xurofot, uydirma 
ma’nolarida keng ishlatiladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin