Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc


Islom Ensiklopediyasi  www.ziyouz.com



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
BURHONIDDIN BUXORIY, to‘liq nomi Mahmud ibn Sadrus Said Tojuddin Ahmad ibn 
Sadrulkabir Burhoniddin Abdulaziz ibn Umar ibn Moza (16-a.) - buxorolik faqih. Ilmni o‘z 
davrining "sudurul ulamo"si (ulamolar peshqadami) hisoblangan ota-bobolaridan olgan. 
B.B. "Muhitul Burhoniy" ("Hujjatli muhit"), "Zahira"("To‘planma"), "Tajrid" ("Ajratish"), 
"Tatimmatul fatavo" ("Fatvolarni to‘ldirish"), "Tariqatul Burhoniya"("Xujjatlash yo‘li") 
kabi kitoblar, ko‘pgana asarlarga sharhlar yozgan. U o‘z asarlarida fiqhning muammoli 
masalalarini hal qilib berish bilan islom huquqi turli tarmoqlari rivojiga hissa qo‘shgan. 
Chunonchi, 62 ta mustaqil kitobni o‘zida jamlagan "Muhitul Burhoniy"da ibodat va 
muomalot masalalari alohida-alohida yoritilgan, vaqf, zakot va h.k. bo‘yicha mukammal 
ko‘rsatmalar bor. Bu kitob O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. 
 
BURHONIDDIN MARG’INONIY (to‘liq ismi - Abu-l-Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdu-l-
Jalil al-Fargoniy al-Rishtoniy al-Marg‘inoniy) (1123. 23. 9, Marg‘ilon - 1197. 29. 10, 
Samarqand) - fiqh olimi, islom huquqshunosi, imom. Dastavval otasi Abu Bakr ibn 
Abduljalil, imom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Rishton, 
Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim 
olib, hanafiy mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shariat ilmini muftiy 
Najmiddin Abu Xafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Xusomiddin Umar ibn Abdulloh 
ibn Umar ibn Maoz, as-Saraxsiy Abu Umar Usmon ibn Ali Poykandiy, Tojiddin Ahmad ibn 
al-Xusayn al-Banandinjiy, Ahmad ibn Abu Rashid al-Buxoriy kabi mashhur faqihlardan, 
hadis ilmini Abu Iso at-Termiziy Ziyo-ud-din Abu Muhammad Say’id ibn As’ad, al Hasan 
ibn al-Marg‘inoniy singari allomalardan o‘rgandi. B. M. fiqh bo‘yicha asosiy asari ("Fiqh 
o‘rganishni boshlovchilar uchun qo‘llanma")ni hanafiylik nazariyotchisi, shariat 
asoschilaridan Abul Hasan al-Kuduriy (1029 y. v. e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 
y. v. e.) asarlariga tayanib yozgan. B. M.ning "Bidoyot-al-mubtadiy" ("Qonunni 
o‘rganishga kirish") kitobi nazariy, asar edi. Undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin 
bo‘lgan. Shu sababli B. M.ning o‘zi 8 jildli sharh - "Kifoyat ul-Muntahiy" ("Yakunlovchilar 
uchun tugal ta’limot")ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-
Hidoya" ("Hidoya")ni yaratadi (1178 y.). Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki 
butun islom Sharqida bir necha tillarga tarjima etilib, ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. 
Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo‘yicha qo‘llanma sifatida foydalanilgan 
(q. "Hidoya"). 
B. M. yana bir qancha asarlar yozgan: "Nashr al-mazhab" ("Mazhabning tarqalishi"), 
"Kitob-at-tajnis val-Mazid" ("Fuqarolik huquqini taqtsim etish"), "Kitob ul-faroiz" ("Meros 
haqida kitob"), "Mazid fi-furu’-ul-hanafiy" ("Hanafiy mazhabiga qo‘shimchalar") va b. U 
o‘z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilik turli shakllari (davlat va xususiy 
mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi 
nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko‘rish 
masalalarini batafsil yoritib berdi. 
B. M.ning ilmiy merosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida 
musulmon huquqshunosligi fani B. M.ning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. 1997 y. 
dek.da O’zbekistonda B. M. vafotining 800 y.ligi nishonlandi. B. M. Samarqanddagi 
Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin