Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
64
Madinadagi mashxur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir,
Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim
ibn Hamza va b. bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda
Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan
edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va
mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, B.
Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rixlati 6 y. davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va
Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx,
Xirot,
Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq
oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis
ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa’yu kushishlari bu vaqtda Buxoroda
hukmdorlik qilgan Xolid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli B. Buxoroni
tark etib, Poykendga, keyin esa, Samarqavd yaqinidagi Xartang qishlog‘iga
kelib
yashashga majbur bo‘ladi. B. butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va
moddiy jihatdan ko‘llab-quvvatlagan. Tijorat qilganda topgan oylik daromadidan besh
yuz dirhamdan faqiru miskin va talabalarga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha
dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan. B. umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga
solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga
ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va
vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq
holda olib borgan. B. jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming
"sahih" va 200 ming "g‘ayri sahih" hadisni yoddan bilgan. B. o‘zining noyob qobiliyati,
iqtidori, quvvai-hofizasining o‘ta kuchliliga bilan ilm ahllarini lol qoldirgan.
Hadis ilmiga
o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish B. ga shon-sharaf keltirdi, uni islom
dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi. B. 20 dan ortiq kitob tasnif
etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. B.ning "Al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonchli
to‘plam") deb nomlangan 4 jild (juz’)dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa
muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir
qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib,
1991-96 y.larda 4 jildda nashr etildi (yana q. "Sahihi Buxoriy").
B. yaratgan "Al-Adab al-mufrad" ("Adab durdonalari") asari
katta tarbiyaviy ahamiyatga
molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir
necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 y. Toshkentda nashr qilingan.
Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan "Kitob al-kunya" ("Kunyalar haqida kitob") 1940
y. Hindistonda chop etilgan. B.ning "At-Tarix al-kabiyr" ("Katga tarix") kitobi esa
Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod
kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek, "At-tarix as-sag‘iyr" ("Kichik tarix") ham hadis
tarixiga oid qimmatli asar xisoblanadi. U Hindiston va Qohirada chop etilgan. B. yaratgan
"Kitob al-favoid" ("Foydali ashyolar haqida kitob"), "Al-Jome’ al-kabiyr" ("Katta
to‘plam"), "Xalq af’ol al-ibod" ("Alloh bandalari ishlarining tabiati"), "Al-Musnad al-kabiyr
("Katta musnad"), "At-tafsir al-kabiyr" ("Katta tafsir"), "Kitob al-xiba" ("Xayr-ehson
haqida kitob") va b. asarlarning ba’zilari
bizgacha etib kelmagan, ba’zilari jahonning turli
mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. B.ning boshqa
asarlari orasida "Tafsir al-Qur’on" ("Qur’on tafsiri") kitobini ham alohvda ta’kidlash
kerak. B. asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida
payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Davlat va
jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari B. asarlariga tayanib ish tutadilar.
Istiklol sharofati bilan azaliy va adabiy qadriyatlarimiz qatori B.ning o‘lmas merosi el-
yurti bag‘riga qaytdi, xalqimiz ongu tafakkurini ravshan eta boshladi. O’zR
Vazirlar
Mahkamasining "Buyuk muhaddis imom al-Buxoriy tavalludining 1225 (hijriy hisobda)