www.ziyouz.com kutubxonasi
61
yevropaliklar B. bilan tanishdilar. Ularning ba’zilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya,
AQShda o‘z jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu e’tiqodni
Gavayya orollari va AQShning g‘arbiy sohillariga olib keldilar. Hoz. paytda AQShga
ko‘plab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat
bo‘ylab yirik B. jamoalari tashkil topdi. B. ning bir necha xalqaro tashkilotlari ham
mavjud.
B.da kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va
xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda 12—13 yoshli o‘spirin
20 yoshgacha, ya’ni balog‘atga yetgunga qadar monastirda rohiblikni o‘taydi, lekin
taxm. ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qavm yoki
dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi - rohiblarni ovqat bilan ta’minlashdir.
Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan bo‘ladilar. 20-a.da jahon bo‘ylab dunyoviy kishilarni
ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning o‘zida ham B. dunyoviy
shaqida qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" (yangi dinlar) deb
atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan "Aum sinrikyo"
shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari, asosan,
dunyoviy kishilardan tarkib topgan.
O’zbekistonda bitta B. jamoasi rasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatadi.
BURAYDA ibn al-HUSAYB, to‘liq ismi Abu Saxl Burayda ibn al-Husayb ibn Abdullo al-
Aslamiy (? - 684) - sahoba. Muhammad (sav) Madinaga hijrat qilib ketayotib, to‘xtagan
vaqtlarida u va uning qishlog‘i aholisi (taxm. 80 xonadon) islomga kirgan. Uhud jangdan
so‘ng Burayda Madinaga kelib, ko‘plab g‘azotlarda qatnashgan. Madina, Basra sh.lari
so‘ngra Xurosonda yashagan. Marv sh. yaqinidagi qishloqlardan birida vafot etgan.
BURDA (arab. yoping‘ich, xirqa) — Muhammad (sav)ning xirqalari. Rivoyatga ko‘ra,
Alloh rasulini sharaflab shoir Ka’b ibn Zuhayr (661 y. v. e.) "Bonat Suod" qasidasini
bitgan va uni Payg‘ambar (sav) huzuriga kelib o‘qib bergan. Bundan xushlangan
Muhammad (sav) xirqai shariflarini shoirga hadya etganlar. Shoirning o‘g‘lidan xalifa
Muoviya sotib olgan B. keyin abbosiylarga o‘tgan va islom dinining eng qadrli
yodgorliklaridan biri bo‘lib qolgan. Boshqa bir shoir - Muhammad ibn Said al-Busiriy
(1212-1294) ham o‘z asarini "Qasidai burda" deb nomlagan. Bu qasida muallifiga
Muhammad (sav) o‘z xirqalarini uning tushida hadya etgan. Bu qasidani duoxonlar
yodlab xastalarga dam solishi odat tusiga kirgan. Qasidaxonga ixlos qo‘yish
musulmonlar o‘rtasida an’anaga aylangan. Har ikkala qasida musulmonlar orasida
hamon mashhurdir.
BUROQ (arab. "yarqiroq", "barq" so‘zidan) -islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va
uchadigan otsimon maxluqning nomi. Qur’oni Karimda zikr qilinishicha (17:1),
Muhammad (sav) uni minib Makka sh.dan "tungi sayr"da dastlab Kuddusga, so‘nfa
me’rojga chiqqanlar. Rivoyat qilishlaricha, B. Muhammad (sav)ni Ka’ba oldiga kelib kutib
turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan so‘ng bo‘ysungan.
B. boshqa payg‘ambarlar, chunonchi Ibrohim (as) va Dovud(as) ga ham xizmat qilgan,
deydilar. B. goh ot, goho xachir shaklida ifodalangan, oq rangli, bo‘yni cho‘ziq, quloqlari
uzun, oyoklarida qanoti bo‘lgan, deb ta’riflangan.