Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
BOYKANDIY, Ahmad ibn Ali as-Sulaymoniy al-Boykandiy (923-1014) -muhaddis. 
Poykend (Boykend) sh.da tug‘ilgan. Iroq, Suriya va Misr shaharlari bo‘ylab ko‘p 
syohatlar qilgan va ko‘plab hadislar to‘plagan. Vataniga qaytib kelgach, har haftada 
bittadan hadis to‘plami yozib, juma kunlari uni Buxoroga olib borgan va shahar jome 
masjidida uni juma namoziga kelgan xalq o‘rtasida o‘qib bergan. B. jami 400 dan ortiq 
katta va kichik asarlar yozgan.
 
BOMDOD (fors.), salotal-fajr, salot as-subh - besh mahal o‘qiladigan namozning biri. 2 
rakaat sunnat, 2 rakaat farz o‘qiladi. B. namozi tong yorishgani(subh)dan boshlab to 
kun chiqqunga qadar ado etiladi (yana q. Namoz).
 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
BOTINIYLAR (arab. botin - ichkari, yashirin, sirli) - 1) islomdagi mafkuraviy 
oqimlardan birining tarafdorlari. 8-a.da vujudga kelgan. Bu oqim tarafdorlari Qur’on 
oyatlari va hadislarni zohiriy va lug‘aviy talqin etishga qarshi chiqqan. Ularning 
iddaolaricha, oyat va hadislarning zohiriy ma’nolarini emas, balki yashirin mazmunlarini 
olish zarur. Bu aqida bilan ular islom shariatiga qarshi chiqqan bo‘ldilar. Zero, shariat 
hukmi bo‘yicha oyat, hadis va b. Zarcha manbalarning iboralari, u qaysi tilda bo‘lmasin, 
zohiriy, lug‘aviy va istilohiy ma’nolariga asoslangan holda talqin etiladi. Ba’zi fasohat, 
kinoya, tanbeh, istiora, ishora kabi so‘z o‘yinlari, "mutashobih" oyatlar va tasavvufiy 
talqinlar bundan mustasnodir. Islomning "Ahli sunna val jamoa" aqidasiga binoan, B. 
shariatga xilof e’tiqodda bo‘lgani uchun dinsizlar qatorida sanalgan. 2) Tasavvufda 
zohirdan ko‘ra botin islohiga ko‘proq e’tiborni qaratuvchi kishilar (yana q. Zohiriylar). 
 
BOQILLONIY, Abu Bakr Muhammad at-Tayyib al-Boqilloniy (? - 1013) -kalomning yirik 
vakili, Basrada tug‘ilgan. Asosan, Bag‘dodda yashab, shu yerda vafot etgan. Fiqh 
masalalarida molikiylik mazhabiga suyangan. B. 52 asar yozgan bo‘lib, bizgacha 6 tasi 
yetib kelgan. Ilohiy sifatlar va ilohiy mohiyat haqidagi mu’taziliylar oqimiga mansub Abu 
Hoshim al-Jubboiy ishlab chiqqan g‘oyaga qo‘shildi. Bir necha mu’taziliylarning bu 
masalaga doir g‘oyalarini rivojlantirib, Xudoning sifatlari haqida fikr yuritdi. Iroda 
erkinligi muammosini ham B. yuqoridagi fikrga muvofiq ravishda hal qildi: Xudo faqat 
"borliq" va "asos"ni yaratgani, inson esa, borliqni shakllantirib, amaliyotni muayyan 
yo‘singa solishini uqtirdi. U imomat masalasida shialar va rofiziylar bilan bahsga kirishib, 
imom yoki xalifa lavozimi merosiy emas, balki ular saylanishi zarur, deb hisobladi. 
Ammo bu lavozimga saylanadigan kishi Alining avlodlaridan bo‘lishi shart bo‘lmasa ham, 
qurayshiylardan bo‘lishi lozim. Agar imom o‘ziga topshirilgan vazifani uddalay olmasa 
vazifasidan tushirish zarur.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin