Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
BISMILLOH, Bismillohir Rahmonir Rahim (arab. - "Mehribon va rahmli Alloh nomi 
bilan") - islomda ko‘p tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy harakat oldidan 
aytiladigan oyat. B. Qur’onda 114 suradan 113 tasining boshlanishida ishlatilgan (faqat 
9-surada yo‘q). Bu oyat xudo bandalariga rahmli (rahim), mehribon (rahmon), 
musulmonning har bir harakati Alloh nomi bilan boshlanishi lozimligini bildiradi. 
Payg‘ambar (sav) o‘z hadislaridan birida: "E’tiborli har bir ish "Bismilloh" bilan 
boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir" deganlar. Ya’ni uning barakasi bo‘lmaydi, oxiriga 
yetmaydi, deganidir. Qur’on tilovatida B. oldidan "A’uzu billohi minashshaytonir rajim" 
("Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman") ham qo‘shib aytiladi. Buni har 
qanday ish va xatti-harakat oldidan shaytonni haydash va uning vasvasasidan xoli 
bo‘lish mazmunida ham talqin etadilar. B. maktublar, rasmiy hujjatlar, diniy asarlar 
boshida ham yoziladi. Diniy manbalarda "basmala" nomi bilan ham yuritiladi. 
 
BISTOMIY, Boyazid Tayfur ibn Iso Bistomiy (? - 875) - fors tasavvuf oqimining 
asoschilaridan biri. Tayfuriya so’fiylik tariqatining piri. Uning bobosi islomni qabul qilgan 
zardushtiylardan bo‘lgan, butun umrini, asosan, Bistomda o‘tkazgan. Vafotidan keyin uni 
"Sulton al-orifin" laqabi bilan atay boshladilar. B. ta’limotiga ko‘ra, inson zikr holatida 
o‘zligini unutadi (g‘alaba) va xudo ishqidan mast bo‘lib (sukr) butun vujudini his-tuyg‘u 
qamrab oladi, pirovardida u xudoga singib ketadi. Bunday holatni u fano (mavjudlikni 
yo‘qotish) deb atadi va musulmon tarki dunyochiligining muhim ahamiyatli holati bo‘lgan 
"sen mendirsan, men esa sendirman" iborasining ta’rifini berdi. Buning ma’nosi shuki, 
go‘yo shaxs o‘zligini tark etib, ilohiylikka singib ketadi va uning sifatlarini qabul qiladi. 
Bunday xulosa an’anaviy islom tarafdorlarining ashaddiy qarshiligiga uchradi va B.ni 
"xulul" (xudolik da’vosini qilish)da aybladilar. B. tasavvufning ayrim tushunchalarini 
ishlab chiqqan bo‘lsa ham, o‘zining bir butun ilohiy tizimdagi ta’limotini yaratmadi. U 
nazariyada ilohiy (lohut) va insoniy (nosut) ruhni bir-biriga biriktirishga harakat qildi, 
ya’ni ma’naviy va moddiy ibtidoni bir-biriga qo‘shishga intildi. B. o‘zidan asar 
qoldirmagan. Uning ibratli gaplari, nasihatlarini mulozimlari yozib olishgan. Ayrim 
tasavvuf kishilari B. obro‘yidan foydalanib o‘zlarining shariatga unchalik to‘g‘ri 
kelmaydigan fikrlarini ham B. fikri deb ko‘rsatishga uringan. BOB (taxallusi; asl ismi 
Sayid Ali Muhammad Sheroziy) (1819 - 1850) - bobiylik asoschisi, bobiylar qo‘zg‘oloni 
rahbari. Sayid Ali Muhammad 1844 y.da o‘zini B. (arab tilidagi "eshik", "darvoza" 
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, "haqiqat va adolat yo‘liga olib boruvchi eshik" degan 
ma’noda talqin qilingan) deb atadi. Mahdiyning xohish-irodasi, yo‘l-yo‘riqlari xalqqa 
"men orqali boradi", deb e’lon qildi. U xaloskor -Mahdiyning kelishi yaqinlashganligi 
g‘oyasini targ‘ib qildi. B. "Bayon" kitobida o‘zini Muhammad (sav) o‘rniga kelgan 
payg‘ambar, o‘z kitobini esa, Qur’on va shariat asosining o‘rnini olishi kerak, deb e’lon 
qilgan. B. 1847 y.da qamoqqa olindi, u yerda "Bayon" (arabcha - tushuntirish, yoritib 
berish, ta’riflash) asarini yozdi. "Bayon"da bobiylar harakatining asoslari yoritilgan. B. 
bobiylar qo‘zg‘oloni vaqtida Eron shohi farmoni bilan qatl etilgan. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin